Mavzu: Pul massasi va pul agregatlari.
Reja: 1.Naqd pullar
2.Naqdsiz pullar
3.Pulning likvidliligi
4.Pul massasining strukturasi
5.Pulning aylanish tezligi
Naqd pul - aholi tomonidan ishlatiladigan va jismoniy ekvivalentda ifodalangan davlatning valyutasidir.
Naqd pul shaklidagi to'lovlarni amalga oshirish juda oson – cho'ntagingizda yetarli mablag'lar hamda kerakli valyuta bo'lsa bas. Uning eng katta afzalligi – xoxlagan joyingizda to'lovni komission to'lovlarsiz amalga oshirish imkoniyati.
Uning salbiy tarafi shundan iboratki, naqd pulingiz o'g'irlanishi yoki yo'qolishi ehtimoli kattadir, bu bilan Siz hamyonizdagi barcha pulingizdan ajralib qolishingiz mumkin.
Undan tashqari, naqd pul gigiyena talablariga ham javob bermaydi.
Naqd pulda to'lashning afzalliklari:
naqd pullar karta va pul o'tkazmalariga xizmat ko'rsatish bo'yicha qo'shimcha komission xarajatlarini talab qilmaydi.
Naqdsiz shakldagi pul - bu moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarining bank hisob-varaqlarida va jismoniy shaxslarning bank kartalarida saqlanadigan mablag'dir.
Naqd pulsiz to‘lovlar – bank kartalar, to'lov talabnomalari, hozirda esa, mobil hamyonlar va elektron pullardan foydalangan holda naqd pulsiz ko'rinishda amalga oshiriladigan to'lovlardir.
Bank kartasi orqali to'lovlarni amalga oshirish afzalliklari:
pul va qaytimlarni hisob kitob qilishga hojat yo'q;
agar bank kartasi yo'qolsa, pul hisobvaraqda qoladi. Agar darhol kartani blokirovka qilsangiz, keyin uni qayta tiklab, mablag'laringizni ishlatishni davom ettirishingiz mumkin;