98
egallaydi. Kodekslar o‘zining
mantiqiy mukammalligi, pishiqligi, ichki barqarorligi
huquqiy qoidalarga
amal qilganligi tufayli kodeks normalari hayotda o‘zining amalini oson topadi.
Beshinchidan,
qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy omillarini quyidagicha e’tirof etish
mumkin:
a.
qonun chiqaruvchi jarayonni muttasil demokratlashtirib borish – insonparvar, adolatli xalqchil
qonunlar yaratilishining garovidir;
b.
qonunning
sifatini mukammallashtirish, uning ichki mexanizmi puxta,
yuridik texnika nuqtai
nazaridan benuqson bo‘lishiga erishish;
c.
qonunchilikni isloh qilish va takomillashtirishda “qonunda ta’qiqlanmagan hamma narsaga
ruxsat beriladi” (fuqarolar uchun). “Faqat qonunda mustahkamlangan narsalargagina ruxsat beriladi”
(mansabdor shaxslar va davlat idoralari uchun) degan prinsipga qat’iy amal qilinishiga erishish;
d.
qonunchilik faoliyatining yaqin yillar va istiqbolga mo‘ljallangan
strategiyasini hamda qonun
ustuvorligini ta’minlash konsepsiyasini yaratish;
e.
qonunlar amal qilishining ijtimoiy mexanizmiga e’tibor qaratish. Bu sohadagi ijtimoiy omillar
(ta’sir etuvchi kuchlar, vositalar) ni sinchiklab o‘rganish;
f.
aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish.
Oltinchidan,
qonun osti, idoraviy normativ hujjatlarga havolalar, ya’ni ilovalar (shior va
deklaratsiyalar tarzidagi normalar) ko‘p bo‘lishining oldini olish zarur. Bunday
ilovalar haddan ziyod
ko‘p bo‘lishi keyinchalik amaliyotda qonun chetda qolib, uning o‘rnini idoraviy hujjat egallab olishi bilan
qonun ustuvorligiga ziyon etishi xavfini keltirib chiqaradi.
Ettinchidan,
qonunlarning barqaror va ustuvor bo‘lishiga erishish. Ularga tez-tez qo‘shimcha va
o‘zgartirishlar kiritish, pirovard natijada qonunning ahamiyati va nufuzi tushib ketishiga olib keladi.