Beshinchidan


Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#169463
1   2   3   4   5   6
Lnx3cwdN3Ll2N0VgtHhL7t8NqdxUiHXeyRqBE4tp

5.Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati 

Istiqlol tufayli mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan keng qamrovli o‘zgarishlar 


yurtimizda yangi demokratik qadriyatlar ildiz otganini, inson huquqlari va uning erkini ta’minlashga 
qaratilgan huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatiga xos zamonaviy tuzilmalar shakllangani 
bilan xarakterlanadi. 
Albatta, erkin va adolatli jamiyat qurish uchun qonunga tayanishimiz va qonun ustuvorligiga 
erishishimiz lozimdir. CHunki har qanday davlatning qudratli va mustahkam bo‘lishi, xalqining tinch va 
farovon hayoti amaldagi qonunlarning ustuvorligiga bog‘liqdir.
SHunday qilib, 
huquq
- davlat tomonidan belgilanadigan yoki ruxsat etiladigan va uning kuchi 
bilan himoya qilinadigan umummajburiy hulq-atvor qoidalari tizimidir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi regulyator bo‘lib, uning ushbu xususiyati ijtimoiy munosabatlar bilan bo‘ladigan 
muntazam aloqadorligini ta’minlaydi.
Erkinlik
– insonga qonun bilan ruxsat etilgan u yoki bu harakatni amalga oshirishi va hayot uchun 
zarur bo‘lgan ne’matlardan foydalanishda ijtimoiy to‘siqlarning bo‘lmasligi tushuniladi. 
SHu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — jamiyat tayanchi va yurtimiz 
taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohish-
irodasining qonuniy ifodasi hisoblanadi. Konstitutsiyaning X bob 43-46 moddalari inson huquq va 
erkinliklariga bag‘ishlangan bo‘lib, davlat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan 
huquq va erkinliklarni ta’minlashi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, 
davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan 
sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan taqdim etilgan «Mamlakatimizda demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da ham bu 
masalaga alohida e’tibor qaratilib, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini tobora takomillashtirish va 
aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolishi ta’kidlangan. Zero, 
jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu boradagi islohotlarning samarasi ko‘p jihatdan 
odamlarning huquqiy ongi va madaniyati darajasiga bog‘liq. Odamlarning huquqiy ongi va madaniyati 
davlatimiz rahbarining 2011 yil 23 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq vazirlik zimmasiga 
aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy 
targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 23 iyuldagi qarori asosida tasdiqlangan Huquqiy targ‘ibot 
va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash 
to‘g‘risidagi nizom bu boradagi faoliyatni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘ladi. Avvalambor 
odamlarning huquqiy ongi va madaniyati shakllantirishda insonlarga o‘zlarining huquq va burchlarini, 
o‘zlari yashab turgan joyda o‘rnatilgan qonunlarga asosan ularning shaxsiy va fuqarolik huquq va 
burchlari kafolatlab qo‘yilgan asosiy qonun, ya’ni konstitutsiya va uning normalari tanishtirilishi kerak. 
Buni mazkur hujjatning birinchi moddasidan to oxirgi moddasigacha inson huquq va erkinliklari
qonuniy manfaatlarini ta’minlash, vatan ravnaqi hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilib kelayotgan 
umumbashariy g‘oyalar singdirilganida ham ko‘rish mumkin. Asosiy qonunimizda buyuk ne’matlar 
orasida eng ulug‘i - “inson uchun” degan g‘oya ilgari surilib, uni ulug‘lash, uning erkin kamol topishi 
90
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. бет 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin