Beshinchidan



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#169463
1   2   3   4   5   6
Lnx3cwdN3Ll2N0VgtHhL7t8NqdxUiHXeyRqBE4tp

Sakkizinchidan, 
jinoiy jazolarni liberallashtirish qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim sharti 
bo‘lib hisoblanadiki, biz mavzuni bayon qilish jarayonida bunga alohida to‘xtalamiz. 
 
To‘qqizinchidan, 
Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashda prokuror nazoratining 
roli katta. Prokurorlik nazorati faoliyatida qo‘llaniladigan taqdimnoma, amrnoma, ogohnoma, qaror va 
arizalarning sifati va ta’sirchanligining yanada yuqori bo‘lishida 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 
yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘zda tutilgan qonuniylik, odillik, mustaqillik va 
oshkoralik prinsiplari huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan maqsad, xalqimiz ham, prokuratura 
xodimlari ham ushbu tamoyillarni aniq tasavvur etishlari kerak. Holbuki, fuqarolar har bir prokuratura 
xodimidan ushbu tamoyillarni ro‘yobga chiqarishni talab qilish huquqiga ega. Prokurorlik nazorati olib 
borayotgan prokurorlar esa o‘z faoliyatida shu prinsiplarga og‘ishmay rioya etishi shart.
SHunday qilib, O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
maqsadida Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash uchun kompleks tashkiliy huquqiy 
kafolatlar yaratildi. Albatta, konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlar va yuridik mexanizmlarni muttasil 
takomillashtirib, ularning samaradorligini oshirib borish lozim. SHu o‘rinda Konstitutsiya va qonunlar 
ustuvorligini ta’minlashning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy, ruhiy kafolatlari ham mavjudligini 
esdan chiqarmaslik lozim.
 
3.Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti. 
Mustaqillikka erishgandan keyin Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 
insonparvarlik, adolatparvarlik g‘oyalariga asoslangan jinoyat, jinoyat protsessual qonunlarini 
takomillashtirishga, jinoiy jazolarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari Oliy 
Majlisga kiritildi. Ularning qabul qilinishi esa mamlakatimiz ijtimoiy hayotida o‘zining ijobiy 
samarasini bermoqda.
Ayniqsa, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasida jinoiy jazo tizimidan o‘lim jazosini 
chiqarib tashlash borasidagi say’-harakatlar muhim o‘rin tutadi. Sud-huquq tizimini 
liberallashtirish to‘g‘risida Prezidentimiz “Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz hal 


99 
etishimiz lozim bo‘lgan yana bir masala – bu jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib 
tashlashdir”
89
deganda aynan shu harakatlarni nazarda tutgan edi.
Ma’lumki, 1995 yilgacha amal qilgan Jinoyat Kodeksida 33 ta jinoyatga o‘lim jazosi 
qo‘llanilar 
edi. 
Keyingi 
Jinoyat 
Kodeksida 
esa 
ularning
13 tasi saqlanib qoldi, ya’ni 20 ta turdagi jinoyatdan o‘lim jazosi olib tashlandi. Jumladan, 
ayollar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar va voyaga etmaganlarga nisbatan bu jazo 
qo‘llanilmaydi. SHuningdek, o‘lim jazosi avf etish tartibida yigirma besh yil muddatga 
ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilishi mumkin (JK ning 51-moddasi).
Ana shu ustuvor vazifadan kelib chiqib, 1998 yilda Jinoyat Kodeksidagi 5 ta moddadan 
o‘lim jazosi olib tashlandi. 2001 yilda yana to‘rtta moddaga jazo qisqartirildi. 2004 yilda esa bu 
jazo bor-yo‘g‘i ikkita, ya’ni aybni og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm 
jinoyatlari uchun tatbiq etiladigan bo‘ldi. Bular mamlakatimizning xalqaro huquq sub’ekti 
sifatida xalqaro hujjatlarga zikr etilgan majburiyatlarni so‘zsiz bajarishga inti-layotganining 
amaldagi isbotidir. Hozirgi kunda 100 ga yaqin davlatning qonunchiligida o‘lim jazosi bekor 
qilingan. 
Jumladan, 
SHvetsiya 
va 
Finlandiya 
1972 
yilda, 
Germaniya
1949 yilda, Fransiya 1981 yilda, 1990 yillardan boshlab Irlandiya, Vengriya, Ruminiya, 
CHexiya, Slovakiya, SHveysariya, Gretsiya, Polsha, Moldova, Italiya, Ispaniya davlatlari o‘lim 
jazosidan 
voz 
kechgan. 
Bundan 
tashqari,
30 dan ortiq davlatning qonunchiligida o‘lim jazosi mavjud bo‘lsada, amaliyotda qo‘llanilmaydi.
O‘lim jazosini bekor qilish o‘ta murakkab masala bo‘lib hisoblanishini Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab, “Birinchi navbatda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini 
olib borish lozim, chunki bugungi kunda ularning ko‘pchiligi, o‘lim jazosining bekor qilinishiga 
qarshi. Ikkinchidan, o‘lim jazosi o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli jazoni o‘tashga hukm 
qilinadigan shaxslar uchun tegishli joylar qurish kerak”, degan fikrga alohida e’tibor qaratish 
lozim. O‘lim jazosini bekor qilish masalasini aholiga tushuntirib berish ham anchagina 
murakkab jarayon bo‘lib, bu ishga huquqshunoslar, mutaxassislar, siyosatshunos, psixolog va 
boshqa ko‘pgina mutaxassislar jalb qilinishi lozim. SHuningdek, Prezidentimiz yuqorida 
ta’kidlaganidek, o‘lim jazosi o‘rniga sud tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
tayinlangan mahbuslar jazosi alohida koloniyada o‘tashi lozim bo‘lganligi sababli ularni saqlash 
bilan bog‘liq jazoni o‘tash muassasasini qurib bitkazish uchun byudjetdan tegishli mablag‘ 
ajratilishi va binoni tayyorlash ham ma’lum muddat talab etadi. SHu sababli ham davlatimiz 
rahbari o‘lim jazosini bekor qilish bilan bog‘liq barcha tashkiliy-huquqiy jarayonlar 2-3 yil 
ichida amalga oshirish mumkinligini bildiradi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin