Bibliografiya lat p65


Kitobxonlarning axborot madaniyatini tarbiyalash shakllari



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə131/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
bibliografiya

Kitobxonlarning axborot madaniyatini tarbiyalash shakllari

Matbuotda axborot va kompyuter madaniyati haqida fikrlar ko‘plab uchraydi. Avvaldan kutubxonachilik ishida kitobxon madaniyati, o‘qish madaniyati tushunchalari ishlatilgan. Zamona- viy xususiyatlar ta’sirida axborot va kitobxon madaniyati tu- shunchalari mazmunan bir-biriga yaqin ma’noda qo‘llanilishi ko‘zga tashlanyapti. Bu tushunchalar shunisi bilan dolzarbki, zamon axborotlashib bormoqda, axborot olami kengayib ketdi. Endi har bir kishi vaqtidan unumli foydalangan holda o‘zi uchun zarur axborotni o‘z vaqtida olishga ulgurishi kerak. Axborot olamidan o‘zi uchun kerak axborotni tanlab olish, uni qayta ishlab chiqish dengiz tubidan gavhar qidirish bilan teng. Hozirgi kun ta’lim va tarbiya tizimida kishilarni, ayniqsa, bolalarni kelgusida axborotlashgan jamiyat hayotida faol yashashga tayyorlash



muammosi turibdi. Buning uchun maktab o‘qituvchilarini va kutubxonachilarni axborot madaniyatiga o‘qitish zaruriyati tug‘iladi.

Axborot madaniyati — axborotni qidirish, axborot resurslari (matbuot nashrlarining barcha turlari) bilan ishlay olish, axborotni qidirish, topish, u bilan ishlash, analitik va sintetik tahlil qilish, shaxsiy hayotida va mehnat faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasi darajasi. Har bir kishi buni bajarish jarayonida quyidagi savollarga javob bera olishi zarur:

  • Men nima qilishim kerak?

  • Axborotni topish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?

  • Axborotni qanday yo‘l bilan olishim kerak? (Axborotni qidirish uchun aniq resurslarni tanlash)

  • Qaysi resurslardan foydalanishim zarur?

  • Resurslardan qanday foydalanishim kerak? (Tanqidiy tahlil qila bilish)

  • Undan nimani yozib olishim kerak? (Axborotni saralash va tanlash)

  • Zarur axborotni ola bildimmi? (Tahlil, sintez, baho berish)

  • Uni qanday va qay yo‘l bilan taqdim etish kerak? (Natijaga baho berish)

Axborot madaniyatini tarbiyalash maktab va bolalar kutub- xonasi xodimlarining asosiy vazifasi. Chunki kitobxon kitobxonlik umrining asosiy vaqtini shu kutubxonalarda o‘tkazadi. Shuning uchun kutubxonachi-pedagog kasbini tayyorlash vazifasi muhim vazifalardan biri. Masalan, Rossiya maktablarida kutubxonachilar kichik sinf o‘qituvchilariga kitobxonlik va axborot madaniyatini shakllantirishda yordam berish bo‘yicha maxsus dasturlar yaratilgan. Axborot bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida o‘rta sinflarda kutubxonachilik-bibliografik bilimlar targ‘ib qilinadi, o‘rgatiladi. Yuqori sinflarda esa axborot madaniyati asoslaridan darslar o‘tiladi. Bizning xalqimiz avvaldan kitobxon xalq. Ammo kitobxonlik madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish lozim. O‘zbekcha maktab o‘quvchilariga o‘zbek adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyoti haqida ko‘proq tasavvur va tushuncha hosil qildirishimiz kerak. Shuningdek, adabiyotni davrlar bo‘yicha, mamlakatlar bo‘yicha, janrlar bo‘yicha ham ajrata olishlari zarur. Bunday tushunchani, bilimni shakllantirish, avvalo, adabiyot fani o‘qituvchilarining ishi bo‘lsa, ikkinchidan, kutubxonachining ham vazifasidir.

Kutubxonachilar axborot madaniyatini tarbiyalashda quyidagi- larga e’tiborni qaratishlari kerak:

    • tarixiy va huquqiy madaniyatni rivojlantirish — davlat qonunlarini, rasmiy hujjatlarni bilishga yo‘llash;

    • estetik va kitob madaniyati, shuningdek, o‘qish madaniyati ko‘nikmalarini tarbiyalash;

    • bibliografik madaniyat;

    • zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nik- masini va madaniyatini tarbiyalash;

    • muloqot madaniyatini shakllantirish.

Bu xususiyatlar hamma uchun zarur. Iste’molchilar bilan ish olib borishda quyidagi prinsiðlarga amal qilinadi: rejalilik; ketma-ketlik; bosqichma-bosqich olib borish; alohida-alohida ish olib borish (kitobxonning yoki iste’molchining bilim saviyasi, darajasini hisobga olgan holda yondashish).

Buning uchun axborot ko‘rgazmalari, stendlar, turli biblio- grafik, uslubiy plakatlar, kompyuter dasturlari bo‘yicha bilim berishga oid turli xil qo‘llanmalar, varaqalar, bukletlar, mustaqil ma’lumot yig‘ish va qidirishga oid maslahatlar, savol-javob o‘yinlari, turli videonamoyishlardan foydalaniladi.



Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin