Bibliografiya lat p65



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə36/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135
bibliografiya

Òanlangan asarlar bir yoki bir necha jildlik bo‘lishi mumkin. Asosan, bir muallif ijodiga oid bo‘ladi. Bu to‘plam mazmunini bir yoki bir necha yo‘nalishdagi eng muhim asarlar tashkil etadi. Masalan, A. Qahhorning 3 jildlik „Òanlangan asarlari“, Ò. Malikning 3 jildlik „Òanlangan asarlari“, M. Qoriyevning 3 jildlik

„Òanlangan asarlari“, Oybekning „Òanlangan asarlari“va hokazo.

Ularda muallifning turli yillarda ma’lum bir yo‘nalishda yaratgan asarlari yoki eng sara asarlari jamlanadi.

Asarlar to‘plami muallifning jami ijodini yoki uning bir qismini jamlashtiradi. Shunga ko‘ra to‘la asarlar to‘plami, asarlar to‘plami, asarlar deb turlanadi va bir yoki bir necha jilddan iborat bo‘ladi.

Òo‘la asarlar to‘plami qoidaga ko‘ra muallifning butun ijodini yoki adabiy merosini qamrab oladi. Unda tugallangan asarlari, maqolalari, xatlari, tarjimalari, nashrga tayyorlagan materiallari, qo‘lyozmalari, konspektlari, eslatmalari ham beriladi. Bu kitobxonga va tadqiqotchilarga muallif ijodini mukammal o‘rganishga, to‘la tanishishga yordam beradi. Nodavriy nashrlar- ning asosiy qismi yordamchi ilmiy-ma’lumot apparati bilan ta’minlanadi. U qanchalik ko‘p bo‘lsa, foydalanish shunchalik oson bo‘ladi. Ilmiy-ma’lumot apparatlari kitobxonga nashr tuzilishi, tarkibi, mazmuni bilan chuqurroq tanishish imkonini beradi. Bular kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija, so‘nggi so‘z, izohlar, eslatmalar, sharhlardan iborat. Ilmiy-yordamchi apparatga yordamchi ko‘rsatkichlar kiradi. Bular ismlar, xrono- logik, predmet, geografik ko‘rsatkichlardir. Ular ma’lumotlarni tez topishga, qidirishga, mazmunni ochib berishga yordam beradi.




Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin