Bibliografikko‘rsatkichlar — murakkab tuzilishga va ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanmalardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng, atroflicha muammoni, bilim sohasiga bag‘ishlangan hujjatlarni, boshqa materiallar haqidagi ma’lumotni aks ettiradi. Ko‘r- satkichlar bir qancha bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Bo‘limlardagi bibliografik yozuvlar ma’lumi bir tartibda joylashtiriladi. Ko‘rsatkichlar o‘ziga xos ma’lumot-qidiruv apparatiga ega: kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar. Bibliografik ko‘rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar, nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari, bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnomalari, biobibliografik ko‘rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element xarakterlidir: biografik ma’lumot, muallif asarlarining va asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar ro‘yxati. Ko‘rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy asarlar sarlavhalarining ko‘rsatkichlari.