Bibliografik qo‘llanmalar ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra boshqa mahsulotlardan ajralib turadi va ularga nisbatan keng qamrovli va katta hajmga ega. Shunga ko‘ra maxsus va davlat bibliografiyasining turlari tayyorlanadi. Davlat bibliografik ko‘rsatkichlari davlat hisobini olib boradi. Maxsus bibliografik qo‘llanmalar ilmiy- yordamchi, kasbiy-ishlab chiqarishga oid, tavsiya xarakterida bo‘ladi. Nashriyotchilik va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashrdan chiqadigan yangi adabiyotlar yoki nashr etilgan asarlar va kitob savdosi tizimlarida mavjud adabiyotlar haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi. Berilayotgan materiallarning mazmuniga ko‘ra bibliografik qo‘llanmalar quyidagi turlarga ajratiladi: universal, ko‘p tarmoqli, mavzuli, shaxsga oid, mamlakatshunoslik, o‘lkashunoslik.
Universal qo‘llanmalar bilimning va amaliy faoliyatning hamma sohalariga va fan tarmoqlariga oid, ko‘p tarmoqlilari esa bir necha bilim sohasiga ega bo‘ladi. Tarmoq qo‘llanmalar bilimning bir sohasiga, mavzuli qo‘llanmalar aniq bir mavzuga, oid mate- riallarni o‘z ichiga oladi. Shaxsga oid qo‘llanmalar bir shaxsning hayoti va ijodiga oid barcha adabiyotlarni, mamlakatshunoslikka oid qo‘llanmalar esa bir yoki bir necha mamlakat haqidagi materiallarni, o‘lkashunoslik xarakteridagi qo‘llanmalar esa mamla- kat haqidagi adabiyotlarni aks ettiradi. Qo‘llanmalar turiga, maqsadiga ko‘ra ayrim xususiyatlarga ega bo‘ladi. Birinchi xususiyati xronologik aniq chegaraga ega. Qo‘llanmaning maqsadidan kelib chiqqan holda aniq yillar davomida nashrdan chiqqan adabiyot- lar va boshqa materiallar tanlab olinadi. Ikkinchi xususiyati — agar ko‘rsatkich hisobga olish maqsadida tuzilsa, har tomonlama to‘la bo‘lishi shart. Masalan, davlat bibliografik ko‘rsatkichlarini tayyorlashda tanlangan davrda nashr etilgan, tanlangan usulda qaysidir mezonga amal qilingan holda barcha turdagi adabiyotlar va boshqa materiallar hisobga olinadi, ya’ni ijtimoiy yoki ilmiy ahamiyati, nashrlarning turi yoki biror-bir belgisiga ko‘ra tan- lanadi. Har bir bibliografik qo‘llanma ko‘plab bibliografik yozuvlarning tartibga solingan ko‘rinishidir. Bu esa tanlangan tartibdagi (alifbo, sistemali, xronologik va boshqa) usulni qo‘llash bilan uzoq va mas’uliyatli mehnat natijasida yuzaga keladi. Bibliografik elementlarning qo‘llanilish me’yori ham qo‘llanmaning turiga va maqsadiga ko‘ra belgilanadi. Axborot xarakteridagi ko‘rsatkichlarda bibliografik tavsif bilan chegaralansa, tavsiya ko‘rsatkichlarida, albatta, annotatsiya beriladi, referativ ko‘rsat- kichlar esa referat bilan ta’minlanadi. Ayrim bibliografik qo‘llan-
malarda turli xil elementlar aralash keladi. Masalan, kutubxona xodimlari uchun mo‘ljallangan, avval uslubiy-bibliografik to‘plamlar deb yuritilgan uslubiy tavsiyanomalar. Ular bibliografik ro‘yxatlar, bibliografik sharhlar matni, tanlangan mavzu bo‘yicha ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun namunalar bilan boyitiladi.
Bibliografik qo‘llanmalar mustaqil nashr sifatida ham, boshqa nashrlar ichida (kitob, gazeta, jurnal, to‘plam) ham yoki ilova shaklida ham bosilishi mumkin. Bibliografik qo‘llanmalar nodavriy, davriy bo‘ladi. Nodavriy ko‘rsatkichlar, asosan, kitob, risola, varaqa, buklet, bir yoki bir necha jildlik, ruknli shaklda bo‘ladi. Masalan, shaxslarga oid bibliografik ko‘rsatkichlar mustaqil yoki bir ruknda alohida-alohida kitob va risola holida nashr etiladi. Davriy qo‘llanmalar haftalik, oylik, kvartallik, yillik, yarim yillik bo‘ladi. Kartochka ko‘rinishidagi bibliografik nashrlar Kitob palatalari yoki nashriyotlar tomonidan tayyorlab nashr qilinadi. Bular kitobga, gazeta va jurnal maqolasiga, taqrizga bosma kartoch- kalar shaklida tuziladi. Annotatsiyali bosma kartochkalar nashr etish sohasida Rossiya Davlat kutubxonasi tajribasini misol qilish mumkin. Ular „Ìèð áèáëèîãðaôèè“ jurnalining 1998- yil 1- sonidan boshlab har bir sonida 200 — 250 ta adabiyotga annotatsiyali kartochka (nashriyotlar manzili, telefon raqamlari bilan birgalikda) berib bormoqda. Mutaxassislar so‘rog‘iga to‘la javob berish maqsadida kutubxona va axborot organlari xodimlari bibliografik qidirish jarayonida mavzuli ro‘yxatlar, kartotekalar tuzadilar, bibliografik ma’lumotlar bazasini yaratadilar. Keyinchalik ular negizida mavzuli to‘plamlar, daydjestlar, faktografik ma’lu- motlar, tahliliy sharhlar yaratadilar va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanadilar.
Jamiyatda to‘laqonli axborot resurslarini yaratishga mo‘l- jallangan adabiyotlarni aniqlash imkoniyati iste’molchilarga elektron shaklda bibliografik qidirishni taqdim etish bilan yara- tiladi. Bu esa hujjatlar mazmunini tasvirlashning ko‘p qirra- liligini ta’minlaydi: to‘ldirish, iste’molchilar so‘rog‘i bo‘yicha shakllanadigan individual ma’lumotlar bazasini faollashtirish, axborotni ish yoki yashash joyiga yetkazish. Òexnologik tarmoqlardan foydalanishda hududiy jihatdan imkoni bo‘lmagan va uzoq hududlarda istiqomat qiladigan kitobxonlarga elektron pochta orqali yoki chat texnologiya orqali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Maxsus dasturiy ta’minotga asoslangan chat
xizmat ko‘rsatish iste’molchi-bibliograf ikkiyoqlama ta’sirga yo‘naltirilgan bibliografik punktda iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishga o‘xshaydi. Kitobxon-bibliograf muloqoti bo‘lmagan paytda mustaqil avtomatlashgan qidiruvni olib borish uchun so‘roqlarning ma’lumotlar bazasini kitobxonlarga tavsiya etish ham yo‘lga qo‘yilmoqda.
Elektron ma’lumot xizmati ko‘rsatish boshlanishida so‘roqlar epizodik yoki tartibsiz bajarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda hamma xorijiy kutubxonalarning veb saytlarida „ ...dan so‘ra“ nomi bilan sahifa ochilgan. Uchinchi bir tendensiyaga bibliografik xizmat ko‘rsatishning murakkablashuv jarayonida axborot faoliyatini ma’naviylashtirish kiradi. Bu tendensiya kunlik va kelgusi xizmat ko‘rsatish jarayonida turlicha shaklda namoyon bo‘ladi. Bir mar- talik bibliografik ma’lumotlarni bajarishda hujjatlarni kompleks, muammoli aks ettirish, uni sifatli tanlash, xabarlar matnining mazmunini ochib berish va qaysidir muammoning holati haqida tasavvur beruvchi umumlashma ma’lumotni taqdim etishga qaratiladi. Adabiyotlarning retrospektiv ko‘rsatkichlari yoki ma’lu- motlar bazasini yaratish imkoniyati tadqiqotlar va kashfiyotlar- ning yangi yo‘nalishlari yuzaga kelganda bo‘ladi. Muammoli mah- sulotlarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyati axborotni to‘p- lashning chegarasini belgilashda, turli-tuman manbalarning keng doirasini jalb etishda, materiallar guruhini qayta ishlab chiqishda va obyekt (voqea, hodisa) haqida ma’lumotlarni berishda ko‘rinadi. Masalan, „Bozor iqtisodiyotida innovatsiya“ nomli bibliografik qo‘llanma ishlab chiqarishni yangilash, takomillashtirish, in- vestitsiyalarni va yangi zamonaviy texnologiyani jalb qilish bilan band keng mutaxassislar guruhiga mo‘ljallangan. Òurli axborot manbalarini ko‘rib chiqish bilan quyidagicha bo‘limchalar ochish mumkin: innovatik yangiliklar va o‘zgarishlar haqidagi fan sifatida; innovatsiyaning mohiyati va turlari; innovatsion jarayonlarning asosiy bosqichlari; ilmiy va innovatsion sohaning o‘zaro ta’siri; innovatsion faoliyatni investitsiyalash; innovatsion faoliyat uchun investitsiyalar ajratish, innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish; o‘zgarishlar menejmenti, tashkilotlarni ana shu yo‘lga o‘tkazish; yangi narsaning mohiyatini qabul qilishning ijtimoiy- psixologik xususiyatlari; innovatsion to‘qnashuvlarning oldini olish mohiyati, uslubiyati va sabablari; innovatsion kommunikatsiyalar, innovatsion faoliyat infratuzilmasi; turli sohadagi innovatsion faoliyat tajribasi.
Internet ma’lumotlaridan foydalanish kitobxonlarga bibliografik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va uni bir vaqtning o‘zida ham bibliografik, ham faktografik xizmatga aylantiradi.
Hujjatlarni tanlashda axborotni bilish, uning imkoniyatlarini, ayrim matnli materiallarning imkoniyatlarini aniqlashga asoslanadi. Bundan tashqari, hujjatlarni tanlashda mamlakatning, tashkilot- ning ilmiy-texnik potensiali, muammoni ishlab chiquvchi mualliflarning, an’anaviy va elektron hujjatlarning turlichaligi va alohidaligi ham hisobga olinadi. Òo‘plangan hujjatlar mazmuni ularda va ma’lumotlar bazasida mavjud tayyor referatlar va annotatsiyalar yoki ularni mustaqil tuzish yordamida ochib beriladi. Mazmun aniq va to‘la ochib berilsa, u iste’molchilar uchun foydali va keyingi ilmiy-tadqiqot ishlari uchun zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |