Retrospektivilmiy-yordamchibibliografikqo‘llanmalar.Ularning maqsadi turli xil hujjatlarda aks etgan fan, texnika, madaniyat yutuqlaridan, ma’naviy boylikdan kompleks foydala- nishga yordam berishdan iborat. Umumlashtiruvchi, yakunlovchi vazifani bajarish bilan bunday qo‘llanmalar jiddiy tadqiqot ishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Unga ilmiy ahamiyatga ega bo‘l- gan hujjatlar — oddiy asardan to memuar asargacha, kundaliklar, ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodikasiga oid asarlar tanlab olinadi. Retrospektiv bibliografiyaning rivojlanishi kundalik bib- liografiyalarning rivojiga, avtomatlashgan tizimdan qay darajada foydalanilayotganiga bog‘liq. Bu yo‘nalishda tarmoqlararo, tarmoq, mavzuli va muammoli-mavzuli ko‘rsatkichlar, ilmiy muas- sasalarning, ayrim olimlarning asarlari ko‘rsatkichi, biobibliografik ko‘rsatkichlar, lug‘atlar, mamlakatshunoslik va o‘lkashunoslik xarakteridagi ko‘rsatkichlar, nashrlarning ayrim turlariga oid ko‘rsatkichlar (dissertatsiyalar, qo‘lyozmalar va h. k.) tuziladi.