Òavsiya ko‘rsatkichlarini tayyorlashdan maqsad nima?
Òavsiya ko‘rsatkichlari kimlarga mo‘ljallanadi?
Òavsiya ro‘yxatlarini tuzish qoidasi haqida gapiring.
O‘qish rejalarining vazifasi nimalardan iborat?
Shaxslarga oid esdaliklarning ahamiyati nimada?
Axborot bulletenining xususiyatlari haqida to‘xtaling.
Mavzuning maqsadi — talabalarga bibliografik xizmat ko‘rsa- tish va bibliografik axborot berishning bir shakli — bibliografik sharhlar, ularning turlari, tayyorlash va o‘tkazish haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar — sharhlar, press reliz.
Bibliografik obzorlarning maqsadi, ahamiyati, uni tayyorlash qoidasi
Adabiyotlar haqida axborot berish va ularni targ‘ib qilishning eng tezkor, ko‘p qo‘llaniladigan usuli og‘zaki bibliografik sharhlardir. Og‘zaki bibliografik sharh hujjatlar va ularning turlari, matbuot asarlari haqidagi hikoyadan, bibliografik axborotdan iborat. Boshqa tadbirlarga ko‘ra og‘zaki bibliografik sharhlar o‘zining tezkorligi, dolzarbligi, hozirjavobligi, kitob- xon ongiga tez yetib borishi va ta’sir etishi bilan farq qiladi.
Bibliografik sharhlar maqsadiga va kitobxonlar guruhiga ko‘ra tavsiyaviy va axborot, mazmuniga ko‘ra universal, tarmoq, mav- zuli, shaxslarga oid turlarga ajratiladi. Sharhda hikoya qilinayotgan
matbuot asarlarining turiga ko‘ra kitoblar sharhi, jurnallar sharhi, ruknli nashrlar sharhiga bo‘linadi. Yangi adabiyotlar sharhida kitobxonlar yangi kitoblar, jurnallar va axborot materiallari bilan tanishishlari mumkin. Har qanday bibliografik sharh yagona reja asosida tayyorlanadi: mavzuni o‘rganish, adabiyotlarni aniqlash va tanlash, matbuot asarlarini guruhlashtirish va ta’rif berish, sharh uchun matn yozish, matnni adabiy tahlil qilish. Mavzuni o‘rganish unga oid barcha manbalarni o‘rganishdan boshlanadi. Matbuot asarlarini aniqlashda katalog va kartotekalar, fondning shu mavzuga taalluqli qismi, bibliografik hujjatlar, kasbga oid jurnallar va gazetalarda berilayotgan ro‘yxatlar ko‘zdan kechiriladi, mavzuni yoritib beruvchi adabiyotlar tanlab olinadi. Har birining mazmuni, ahamiyati ko‘rib chiqish jarayonida o‘rganiladi, buning uchun yozilgan annotatsiyalar, so‘zboshi, kirish so‘zi, so‘nggi so‘z, asarga berilgan tanqidiy materiallar o‘rganib chiqiladi. Sharh uchun ajratilgan adabiyotlarning soni mavzuning mohiyatidan, kitobxonlar guruhining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Agar sharh tavsiya xarakterida bo‘lsa, 3 tadan 10 tagacha, axborot xarakterida bo‘lsa, 12 — 15 ta adabiyot olinadi.
Asarlarni guruhlashtirish, mavzuga oid umumiy mazmundagi adabiyotlar, keyin esa shu mavzuga oid maxsus adabiyotlar joylashtiriladi. Bu kitobxonga berilayotgan hikoyani to‘g‘ri va to‘la tushunishiga yordam beradi, axborotni aniq qabul qilishiga olib keladi. Ba’zida adabiyotlar janrlariga ko‘ra, ilmiy ahamiyatiga ko‘ra, bilim sohalariga ko‘ra joylashtiriladi. Tarixiy mavzuda bo‘lsa, adabiyotlar to‘g‘ri xronologik tartibda ham joylashtirilishi mumkin. Bibliograf 3 qismdan iborat sharhning matnini tayyorlab oladi: kirish (bunda mavzu asoslab beriladi, uning xususiyatlari, dol- zarbligi, tanlangan kitobxonlar uchun ahamiyati aytiladi), asosiy qism (asarlarga ta’rif — hikoya qismi), xulosa (mavzuga oid yana qanday qo‘shimcha adabiyotlar mavjudligini, ularning qaysi manbalardan olib o‘qish mumkinligini, ularga berilgan tanqidiy materiallar va taqrizlar eslatib o‘tiladi).
Sharhning har bir qismi umumiy maqsadga bo‘ysunishi lozim.
Asarlarga ta’rif berish. Bunda, bibliograf har bir asardagi eng muhim jihatni, ichki mantiqni bera olishi zarur. Shu mavzuga oid boshqa asarlar bilan muqoyasa qila olish mahoratiga ega bo‘lishi talab etiladi. Avval asarning bibliografik elementlari — muallifi, sarlavhasi, chiqish ma’lumotlari, agar maqola bo‘lsa,
manbasi aytib o‘tiladi, lekin o‘qib berilmaydi. Keyin asardagi asosiy jihatlar ochib beriladi. Sharhda bog‘lovchi matnlar majburiy element hisoblanadi, bu sharhni bibliograf mehnatining natijasi — mustaqil asar sifatida ko‘rsata olish uchun zarur. Unda muallifning mashhurlik darajasi, asarning badiiy qimmati, ilmiy ahamiyati haqida gapiriladi. Bog‘lovchi matn sifatida hikoyaning o‘zi ham xizmat qilishi mumkin. Axborotning turli-tumanligini ta’minlash uchun ba’zan asar qahramonlarining taqdiri, unga bog‘liq hayotiy faktlar, voqealar, asarning yozilish tarixi, nashr haqida ma’lu- motlar keltiriladi.
Sharh matniga adabiy ishlov berish sharhni tayyorlashning yakuniy qismi bo‘lib, kamchiliklar to‘ldiriladi, xatolar tuzatiladi. Og‘zaki bibliografik obzorni o‘tkazishda quyidagi talablarga e’tiborni qaratish lozim: matn o‘qib berilmaydi, asardan o‘qib beriladigan fikrlar, parchalar avvaldan xatcho‘plar yordamida belgilab qo‘yiladi, bibliografik ma’lumotlar aniq va tushunarli aytib beriladi, kutubxonachining o‘ziga notanish, tushunarsiz so‘zlar ishlatil- maydi, hikoya ravon, tushunarli, nutq madaniyati qoidalariga amal qilgan holda, to‘g‘ri talaffuz va ohang bilan so‘zlab beriladi. Sharhni olib borayotgan shaxs auditoriyaning o‘ziga munosabatini, hikoyaning ularga ta’sirini kuzatib borishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |