Bibliografiya lat p65


Ommaviv axborot vositalari (OAV) uchun obzor tayyorlash. Press reliz



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə115/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135
bibliografiya

Ommaviv axborot vositalari (OAV) uchun obzor tayyorlash. Press reliz


Radio, televideniya va vaqtli matbuot sahifalarida muntazam ravishda yangi adabiyotlar sharhi berib boriladi. Ko‘pincha, bunday sharhlarni tahririyatning o‘zi tayyorlaydi. Sharhning samarali va sifatli o‘tishi uchun, albatta, axborot-resurs markazlari bilan hamkorlikda tayyorlash lozim. Bunda sharhning mavzusi aniq- lanadi, mavzu uchun axborot-resurs markazida mavjud hujjatlar tanlanadi. Ular sharhni tayyorlash qoidasiga ko‘ra tayyorlanadi. Òayyor matn OAV tizimiga uzatiladi. Ba’zi hollarda televideniya orqali berilayotgan sharhlarda ketma-ketlik noto‘g‘ri tanlanadi, muntazamlilikka e’tibor berilmaydi yoki hozirjavoblik yo‘qoladi. Press reliz OAV uchun yirik tadbirlarni reklama qilish maqsadida tayyorlanadigan axborot qog‘ozi bo‘lib, firmalar, korporatsiyalar, tashkilotlarning maxsus bo‘limlari, xizmatchilari, PR byurolari, PR agentligi vositasida bepul tarqatiladigan qisqa axborot. Bu, asosan, yarim, yoki bir sahifaga mo‘ljallanadi va buning uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim: mazmun va jumlalar tushunarli va oddiy tilda berilishi; fikrlarning qisqa va yig‘ma holda berilishi; asosiy fikrlarning belgi yoki qora chiziq bilan ajratilishi; asosiy fikrni 15 — 20 ta so‘zda bera olish; bosh abzasdagi g‘oyaning keyingi abzaslarda davom ettirilishi. Bosh abzasning vazifasi iste’molchini birinchi fikrdanoq qiziqtirishdan iborat. Keyingi vazifasi tashrif qog‘ozi o‘rnini egallashdir. Bosh abzas jurnalistikada tashrif qog‘ozi deb ham yuritiladi. Bosh abzasda birorta oshiqcha so‘z bo‘lishi mumkin emas, uslub sodda

bo‘lishi shart. Press relizning xususiyatlari: shu kunning muhim yangiligini aks ettirishi; o‘z vaqtida berilishi, hozirjavobligi. Kutubxona tomonidan o‘tkaziladigan yirik tadbirlar — yubileylar, kitobxon benefisi, kitobxon marofoni, turli uchrashuv kechalari, ilmiy-amaliy anjumanlar, kitobxonlar konferensiyasi munosabati bilan uni keng jamoatchilikka ma’lum qilish, reklama qilish, targ‘ib qilish maqsadida ilg‘or kutubxonalar OAV bilan hamkorlik o‘rnatganlar.



Press reliz uch qismdan iborat bo‘ladi: 1- qism bosh abzas bo‘lib, murojaat qismi, unda rahbariyatga Press relizni jo‘natish maqsadi, asosiy g‘oya, uning ahamiyati tushuntiriladi. 2- qismida aniq va ravon, qisqa matnda qachon, qayerda, nima maqsadda, kimlar uchun tadbir o‘tkazilayotgani, undan kutilayotgan natija ko‘rsatiladi. 3- qismda tadbirni o‘tkazish joyi, vaqti, yordami uchun avvaldan minnatdorchilik bildiriladi. Press reliz, albatta, korxonaning rasmiy qog‘oziga yozilishi, tashkilotning birinchi rahbari imzo qo‘yishi shart.

Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin