Bibliografiya lat p65


Ommaviy bibliografik axborotlashtirish



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə123/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135
bibliografiya

Ommaviy bibliografik axborotlashtirish


Ommaviy bibliografik axborotlashtirish axborot talabgorlarining keng qatlamini ijtimoiy muhim mavzularga oid ma’lumotlar bilan xabardor qilishdir. Uning maqsadi — umumiy bilim olishga va mustaqil bilim olishga ta’sir etish. Ommaviy bibliografik axborot- lashtirish mazmuniga ko‘ra universal xarakterga va umumta’lim yo‘nalishiga ega. U kutubxona tashabbusi bilan mustaqil yoki boshqa tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkaziladi. Masalan, axborot- resurs markazlari, ommaviy axborot vositalari, maktablar, turli tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda. Uning shakllari: yangiliklar kartotekasi; yangi adabiyotlar bulleteni; yangi kitoblar, vaqtli matbuot nashrlari va boshqa hujjatlar ko‘rgazmasi; yangi

adabiyotlarning ko‘riklari va yangi kitob kunlari; yangi adabiyot- larning og‘zaki bibliografik sharhlari; yangi kitoblarga bag‘ishlangan plakatlar va xatcho‘plar; axborot kunlari va boshqalar.



Bunday tadbirlar an’anaviy bo‘lishi bilan birga avtomatlashgan usulda ham olib boriladi. Bunda, albatta, elektron kataloglar va ma’lumotlar bazasi muhim o‘rin tutadi. Axborot-resurs markaz- larida, kitob savdosi tashkilotlarida iste’molchilarni muntazam yangi hujjatlar bilan tanishtirib borish maqsadida yangi ada- biyotlar ko‘rgazmalari va ochiq ko‘riklari o‘tkazib turiladi. Ko‘rik- ko‘rgazmalar doimiy bo‘lishi bilan birga, undagi hujjatlar mun- tazam yangilanib turiladi. Og‘zaki bibliografik sharhlar ham mustaqil yoki boshqa tadbirlarga, masalan, yangi adabiyotlar ko‘rgazmasiga qo‘shimcha tadbir sifatida qo‘llaniladi. Sharhda qiziqarli yangi hujjatlar haqida keng axborot beriladi. Axborot kunlari bibliografik axborotlashtirishning kompleks usuli bo‘lib, kitobxonlar guruhining bir xil toifasiga mo‘ljallangan. Axborot kunlarida ma’lum bir vaqt mobaynida kutubxona fondiga kelib tushgan barcha yangi adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari, elektron hujjatlar namoyish etiladi. Bu tadbir ichida ko‘rik- ko‘rgazmalar, og‘zaki bibliografik sharh, suhbat va maslahatlar, axborot bulletenlari qo‘llaniladi.

Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin