Bibliografiya lat p65


MBXni tashkil etish va hisobga olish



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə120/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135
bibliografiya

MBXni tashkil etish va hisobga olish


MBX bilan shug‘ullanuvchi barcha bo‘limlar yagona shakldagi hujjatlarda ma’lumotlarni bajaradi va hisobga olib boradi. Òurli so‘roqlar bajarilishini hisobga olib borishda ularning soni ko‘rsatiladi va quyidagicha belgilanadi: so‘ralgan mavzular; aniqlash uchun so‘ralgan bibliografik yozuvlar soni; kutubxona fondida bo‘lishini so‘ragan nashrlar soni; aniqlash uchun so‘ralgan faktlar.

So‘roqlar alohida daftarda yoki jurnalda qayd etib boriladi, ayrim kutubxonalarda talab qog‘ozlarida yoki boshqa xil hujjatlarda aks etadi. Hisobga olishda og‘zaki va yozma bajarilgan so‘roqlar, mavzulari va boshqa xillari bo‘yicha bajarilgan so‘roqlar alohida hisob qilinadi. Maxsus daftarda ularni hisobga olib borish uchun quyidagi tartib raqami, so‘roqning berilgan vaqti, kimdan tushganligi, mazmuni va maqsadi, so‘roqning turi (mavzuli, aniqlovchi, faktografik), bilim sohasi, so‘roqni bajarish manbasi, bajaruvchi, rad javob sababi, tashqi axborot resurslari, eslatmalar. Ayrim kutubxonalar bu chiziqlarni yanada ixchamlashtiradi, ayrimlari esa o‘z xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa bo‘limchalarni kiritadi. MBXni takomillashtirish, samarasini oshirish uchun muntazam ravishda son va sifat jihatidan tahlil qilib borish lozim. Uning maqsadi mavzular va kitobxonlar qiziqishini o‘rganish, axborot manbalarini takomillashtirishdir. Òahlil natijalari fond tarkibini, axborot resurslarini kengaytirishni, axborot xizmati tizimini yaxshilashni, bibliograflarning malakaviy bilim saviyasini oshirishni qay darajada davom ettirish va takomillashtirish haqida xulosalar beradi. Bundan tashqari, tahlil natijalari bibliografik axborot ishlarining qay darajada tashkil etilganligini ham ko‘rsatadi.



Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin