Bibliografiya lat p65


Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid MBX



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə118/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135
bibliografiya

Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid MBX


Badiiy adabiyot ko‘pchilikni qiziqtirgani uchun ham unga oid so‘roqlar ko‘p uchraydi. Bibliografik qidirish tajribasidan ma’lumki, bunday so‘roqlar juda xilma-xil va ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin: yozuvchilar va ularning asarlari; sarlav- hasi bilan kitobxonga ma’lum bo‘lgan badiiy asar; aniq bir mavzuga oid badiiy asar; aniq bir janrga oid badiiy asar; aniq milliy adabiyot namunasi; adabiyot nazariyasi va tarixi bilan bog‘liq adabiyotshunoslikka oid asar; o‘lkashunoslik xarakteridagi adabiy so‘roq; faktografik so‘roq.

Ularning har birini bajarishda so‘roq maqsadini, axborot talabgorining tayyorgarlik darajasini, qidirish manbasini, xususiya- tini bilish, ulardan foydalanish malakasini egallagan bo‘lishi shart. Qidirishning asosiy manbasi kataloglar, jurnal va to‘p- lamlardagi maqolalar yoki umumiy kartotekadagi tegishli bo‘limdir. Bibliografik qidirish jarayonida kitobxonlarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan asarlarni sarlavhasi bilan so‘rash hollari ko‘p uchraydi. Bunday paytda badiiy asarlarning sarlavhalar kartote- kasidan foydalaniladi. Aniq bir mavzuga oid yozuvchilarning asarlarini qidirishda mavzuli bibliografik so‘roq bajariladi. Bunda bibliografik so‘roqning xronologik va milliy chegarasi, ko‘pincha, qiyinchilik tug‘diradi. Aniq janrga oid so‘roq bilan kitobxon murojaat qilsa, bu ham mavzuli bibliografik so‘roq kabi baja- riladi. Qidirish manbasi sifatida umumiy katalog, boshqa turdagi

bibliografik kartotekalar, ma’lumotlar bazasi, badiiy asarlar kartotekasi, tavsiya va boshqa bibliografik qo‘llanmalar tavsiya qilinadi. Milliy adabiyot namunalari so‘ralganda yana umumiy katalogga murojaat qilinadi yoki elektron katalogdan foyda- laniladi. KBK jadvali asosida milliy adabiyotlar guruhlashtiriladi, hamda boshqa xalqlar adabiyoti, masalan, qozoq, qirg‘iz, tojik, nemis, ingliz adabiyoti tegishli bo‘limlarda joylashtiriladi. Shuning uchun kutubxonalarda mavjud an’anaviy va elektron katalog yordamida kitobxon so‘rog‘i bajariladi. Shu kabi boshqa so‘roq turlari ham tegishli manbalar yordamida ijro etiladi.


Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin