Bibliografiya lat p65



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə111/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   135
bibliografiya

Òavsiya ro‘yxatlari


Òavsiya xarakteridagi bibliografik qo‘llanmalar barcha tiðdagi kutubxonalar faoliyatida va barcha kitobxonlar guruhlariga mo‘ljallab tashkil etiladi. Bular bibliografiyaning kichik shakllari bo‘lib, mazmunan tez eskiradi, qisqa vaqt ichida tayyorlanadi. Bunday bibliografik ko‘rsatkichlardan biri tavsiya ro‘yxatlaridir. Bu ro‘y- xatlarni har qanday kutubxona sharoitida tayyorlash mumkin. Ular, ko‘pincha, „Yana nimalarni o‘qish kerak?“ „Nimadan boshlash kerak?“ kabi nomlarda tayyorlanadi. Yana esdaliklar, individual o‘qish rejalari ham tayyorlanadi. Ularni tuzishga bo‘lgan asosiy talab kitobxonlar qiziqishini va tayyorgarlik darajasini hisobga olish, mustaqil bilim olishiga, kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim olish maqsadida o‘qishiga mos kelishi zarur, mavzuning dolzarbligi, o‘lka hayoti bilan bog‘liqligi ham hisobga olinadi. Òavsiya ro‘yxatlari zamonning eng muhim mavzulari, Vatan tarixi, milliy qadriyatlar, boshqa bilim sohalarining muhim masalalari, mashhur kishilar hayoti va ijodiga oid masalalar bo‘yicha tuziladi. Mavzuga va kitobxonlar guruhi xususiyatiga ko‘ra kitoblar, risolalar, maqolalar tanlanadi. Adabiyotlarning soni ham shunga bog‘liq bo‘ladi. Òavsiya ro‘yxatlari uchun eng yangi adabiyotlar olinadi. Bibliografik tavsif, albatta, annotatsiya

bilan birga beriladi. Adabiyotlar mazmuniga ko‘ra mantiqiy joylashtiriladi, ichki alifbo tartibi qo‘llaniladi. Avvalo, davlat va hukumat qarorlari, rasmiy hujjatlar beriladi. Qo‘llanmaga so‘z- boshi yoki kirish so‘zi, har bir bo‘lim uchun tushuntirish matni beriladi. Kitobxon mustaqil bilim olish, biror masala yoki muammoni o‘rganish arafasida bo‘lsa, unga „Nimadan boshlash kerak?“ tiðidagi tavsiya ro‘yxati beriladi. Bunday ro‘yxatlar o‘zi- ning hozirjavobligi va dolzarbligi, axborotning qisqaligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Bu tavsiya ro‘yxatlari alohida bir kitobxonga mo‘ljallangan bo‘ladi va ular „Xatcho‘p-ro‘yxat“ ham deyiladi. Unda 10 ta nomgacha adabiyot tavsiya etiladi. Ba’zan kitobxonlarda bir asarga, undagi qahramon yoki voqeaga chuqurroq kirib borish istagi tug‘iladi. Bunda shu asar atrofida uning mazmunini yanada kengroq ochib beradigan asarlar tanlanadi.



Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin