Asar matnini tahlil qilish. Asar turi (alohida, to‘plam, ko‘p jildli nashrning bir qismi, ruknli nashrning qismi) aniqlanadi. qaysi masala, muammo, mavzu yoki bilim sohasiga bag‘ish- langanligi ko‘rsatiladi. Nashr tuzilishi va materialning guruh- lanishiga e’tibor qaratiladi. Materialning qay usulda berilishini yoki izohlanishini aniqlash kitobxonlar guruhini aniqlashga yordam beradi. Tahlilda so‘zboshi, kirish so‘zi, eslatmalardan, qo‘shimcha tanqidiy materiallardan foydalaniladi.
Qo‘shimchamanbalarnio‘rganish.Mavzuga oid asarlar, taqrizlar, tanqidiy maqolalar, biografik materiallar, fan va madaniyat tarixiga oid asarlar tegishli ma’lumotnoma-nashrlar va bibliografik qo‘llanmalar yordamida topiladi va o‘rganiladi.