Ma’lumotlarnito‘plash.Asarlarga annotatsiya berishda muallif haqida avtobiografik ma’lumotlar, asarning hozirgi davr uchun ilmiy va badiiy qimmati haqida ma’lumot beriladi. Zamonaviy asarlarga annotatsiya berishda, unga haqqoniy va obyektiv baho beriladi, muallifining shaxsiy tasavvuri yoki taassurotiga suyanib qolish kerak emas. Ba’zida muallif fikri, ba’zi annotatsiyalarda tanqidchi fikri, voqea yoki hodisa ishtirokchisi, mualliflar xotirasi keltiriladi.
Adabiy tahrir yoki annotatsiyani rasmiylashtirishdaeng asosiy ma’lumotni ajratib olish zarur. Kitobxon e’tiborini jalb etish uchun, tavsiya annotatsiyasida eng qiziq faktlar haqida axborot berish kerak. „Kitob juda qiziq...“ yoki „Kitob qiziqarli hikoya qiladi...“ kabi fikrlardan qochish, bibliografik tavsifdagi ma’lumotlarni takrorlashdan tiyilish lozim.
Referatlashbirinchi darajali hujjatdagi axborotni analitik- sintetik tahlil qilishdir. Hujjatdagi eng zarur faktlarni —asosiy holat, faktik ma’lumotlar, natija va xulosalarni ajratib olish kerak bo‘ladi. Referat matni o‘zining aniqligi, to‘g‘riligi, mantiqiyligi bilan ajralib turadi, unda ikkinchi darajali axborot — tanqid, isbot, dalil, misollar bo‘lishi mumkin emas.