INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY
27
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKLOTINING OTA-ONALAR BILAN
HAMKORLIKDAGI ISHINING MAZMUNI VA USULLARI
Maxammadiyeva Surayyo Normuradovna
Navoiy davlat pedagogika institutining 2 –bosqich magistranti
Annotatsiya: Maqolada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda
tarbiyachilarining oila bilan hamkorlik mazmuni va usullari o’z aksini topgan. MTTning ota-onalar bilan
ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo'shib olib borish,
keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy
natijalarga erishish masalalari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim tashkiloti, , tarbiyachi, oila, uzluksiz ta’lim , hamkorlik
shakllari.
Ma‟lumki, insonni voyaga yetishida uchta omil: nasl, oila, muhit muhim o‟rin tutadi.
Bu omillarni bir-biridan ajratib bo‟lmaydi. Barkamol shaxsni tarbiyalashda ana shu uch omil
o‟rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga e‟tibor qaratilishi lozim. Bu masalada uzluksiz
ta‟limning bosh bo‟g‟ini hisoblangan maktabgacha ta‟lim tashkilotlarining o‟z o‟rni mavjud.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda mahoratli pedagog
bolalar va ularning xatti-harakati yuzasidan oilalar bilan samimiy aloqada bo‟lishi
nihoyatda muhim. Maktabgacha ta‟lim tashkiloti va oila bir-biri bilan mustahkam bog‟liq
hamda ular o‟rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo‟lga qo‟yilsa, bola shuncha ko‟p yordam oladi
hamda uning dastlabki ta‟lim tajribasi muvaffaqiyatli bo‟lishi ehtimoli ortadi. Tig‟iz ish
sharoitida oila bilan doimiy aloqa uchun vaqt
topish hamisha ham oson emas, lekin
tarbiyachilar bolaning muvaffaqiyatlari uchun uni juda muhim deb hisoblashsa, u kundalik
ishning bir qismiga aylanishi va maktabgacha ta‟lim tashkilorlari
tarbiyachilarining oila
bilan hamkorligi jarayonini o‟ziga xosligini e‟tirof etish imkonini beradi. Maktabgacha
ta‟lim tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda mahoratli
pedagog bolalar va
ularning xatti-harakati yuzasidan oilalar bilan samimiy aloqada bo‟lishi nihoyatda muhim.
Maktabgacha ta‟lim tashkiloti va oila bir-biri bilan mustahkam bog‟liq hamda ular o‟rtasida
aloqa qanchalik yaxshi yo‟lga qo‟yilsa, bola shuncha ko‟p yordam oladi hamda uning
dastlabki ta‟lim tajribasi muvaffaqiyatli bo‟lishi extimoli ortadi.“O‟zbekiston
Respublikasida davlat maktabgacha ta‟lim tashkilotlari to‟g‟risida Nizom”
kabi muhim
davlat hujjatida maktabgacha ta‟lim tashkilotida ta‟lim jarayonining qatnashchilari
quyidagicha belgilab qo‟yilgan: maktabgacha ta‟lim
tashkilotida bolalar, ota-onalar yoki
ularning o‟rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta‟lim jarayonining qatnashchilari
hisoblanadi. Bolalarni qabul qilishda maktabgacha ta‟lim tashkiloti
ota-onalarni yoki
ularning o‟rnini bosuvchi shaxslarni tashkilotining ustavi va uning faoliyatini tartibga
soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart. Maktabgacha ta‟lim
tashkiloti bilan ota-
onalar yoki ularning o‟rnini bosuvchi shaxslar o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlar shartnoma