INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 31
hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta‟lim-tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo'yicha
tavsiyalar beradi.
Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari,
o„ziga xos xususiyatlari e‟tiborga olinadi. Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va
maslahatlari ishonarlibo„lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a‟zolari maktabgacha
ta‟lim tashkilotiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday
bajarayotganini yoki sayrgaawal u qanday o„ynayotganini ko„radilar, bolalarning uquv va
imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar.Oilaga borishning maqsad va mazmuni
tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har
bir bolaning oilasiga yiliga kamida 2 marta borishi kerak.Ota-onalar bilan olib boriladigan
ishlarning mazmuni rangbarang bo„lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama
qilinishi taqozo etiladi.Masalan:
• Bolalarni tarbiyalashda oilaning roli,ota-onalarning vazifasi to„g„risidagi qonunlar,
bolalarni maktabga tayyorlash haqida;
• Maktabgacha tarbiya tashkilotining yillik ish rejasi to„g„risida;
•Ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir.Bu
masalalarni jamoa bo„lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy
majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish
shakllariga kiradi.
Ota-onalar majlisi Ota-onalar majlisiga maktabgacha ta‟lim tashkilotidagi hamma guruh bolalarining
ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh bolalarining ota-onalari taklif
etilishi mumkin. Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarni har
tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar qo„mitasining
faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg„or tajribalar bilan tanishtiriladi. Majlisda direktor yoki
metodist-tarbiyachi ma‟ruza qiladi, ota-onalar so„zga chiqishadi,bolalar gapirishadi. Bular
ta‟lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va
jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, ota-onalarning o„z bolasining tarbiyasi uchun
javobgarligini oshiradi, ularda maktabgacha ta‟lim tashkilotga qiziqish uyg„onadi.
Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalarning ota-onalari uchun dolzarb
bo„lgan masalalar muhokama qilinadi.Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy
tarbiya berishda oilaning roli» bo„lsa, o„rta guruhda o„tkaziladigan majlisda bu mavzu
murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnat sevarlikni tarbiyalashda MTTva oilaning
birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga hurmatni tarbiyalash» va h.k. bo„lishi mumkin.
Ota-onalar uchun tayyorlangan ma‟ruzani tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko„rish
bilan qo„shib olib borish mumkin.Bolalar hayoti, faoliyati to„g„risidagi misollardan
foydalanganda ijobiy materiallar ko„proq bolishi kerak, salbiy faktlarni gapirishda
ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuvchilarning nomlari
ko„rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat
orqali ota-onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish
bo„yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.Yilning oxirida o„tkaziladigan guruh