Bibliografiya lat p65



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə26/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135
bibliografiya

Ma’lumotlarni to‘plash. Asarlarga annotatsiya berishda muallif haqida avtobiografik ma’lumotlar, asarning hozirgi davr uchun ilmiy va badiiy qimmati haqida ma’lumot beriladi. Zamonaviy asarlarga annotatsiya berishda, unga haqqoniy va obyektiv baho beriladi, muallifining shaxsiy tasavvuri yoki taassurotiga suyanib qolish kerak emas. Ba’zida muallif fikri, ba’zi annotatsiyalarda tanqidchi fikri, voqea yoki hodisa ishtirokchisi, mualliflar xotirasi keltiriladi.

Adabiy tahrir yoki annotatsiyani rasmiylashtirishda eng asosiy ma’lumotni ajratib olish zarur. Kitobxon e’tiborini jalb etish uchun, tavsiya annotatsiyasida eng qiziq faktlar haqida axborot berish kerak. „Kitob juda qiziq...“ yoki „Kitob qiziqarli hikoya qiladi...“ kabi fikrlardan qochish, bibliografik tavsifdagi ma’lumotlarni takrorlashdan tiyilish lozim.

Referatlash birinchi darajali hujjatdagi axborotni analitik- sintetik tahlil qilishdir. Hujjatdagi eng zarur faktlarni —asosiy holat, faktik ma’lumotlar, natija va xulosalarni ajratib olish kerak bo‘ladi. Referat matni o‘zining aniqligi, to‘g‘riligi, mantiqiyligi bilan ajralib turadi, unda ikkinchi darajali axborot — tanqid, isbot, dalil, misollar bo‘lishi mumkin emas.


Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin