Bibliografiya lat p65


Professional ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalar



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə70/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135
bibliografiya

Professional ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalar


Turli sohadagi amaliyotchilarga mo‘ljallangan maxsus biblio- grafik qo‘llanmalar ishlab chiqarish va kasbiy faoliyat davomida uchraydigan har xil muammolarni hal etishda, bibliografik axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda yordam beradi. Profes- sional ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalarning talabgorlari oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli ishlab chiqarish va boshqa sohadagi mutaxassislardir. Bu ko‘rsatkichlar xarakteriga ko‘ra ham ilmiy-yordamchi, ham tavsiya ko‘rsatkichlariga o‘xshab ketadi, ya’ni ular oraliq o‘rinda turadi. Ishlab chiqarishga va kasbiy malakaga oid adabiyotlarning ko‘plab nashr etilishi mutaxassislar uchun ko‘plab turda bibliografik qo‘l- lanmalar tayyorlashni taqozo qiladi. Ular doimo amaliy aha- miyatga, mutaxassisga zarur bo‘lgan sohada tanlangan axborotni olish imkoniyatini beruvchi tavsiyaga ega bo‘ladi.

Bunday qo‘llanmalarning talabgorlari — sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislar, fermer xo‘ja- ligidagi rahbarlar, loyihachilar, konstruktorlar, zootexnik, veteri- narlar va boshqalar, shuningdek, ishlab chiqarish sohasidan

tashqarida maorif, madaniyat va san’at, tibbiyot xodimlari ham shu soha adabiyotlariga murojaat qiladilar.

Keyingi yillarda savdo, biznes, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi bilan bibliografik qo‘llanmalar xarakteri va yo‘nalishida o‘zgarish ham yuz berdi. Endilikda ular uchun alohida ko‘rsat- kichlar tuzish talab etilmoqda. Viloyat kutubxonalari qoshida tashkil etilgan „Huquqiy axborot markazlari“ (tadbirkorlar, savdo xodimlari uchun) bibliografiyaning turli xil kichik shakllarida axborot varaqalari, bulletenlari, sharhlar tayyorlab tarqatadi. Bibliografik qo‘llanmalarning tiði mavzusi kabi mutaxassisning ishlab chiqarish va amaliy faoliyati xususiyatiga mos keladi. Bular bibliografik sharhlar va ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular ilmiy-amaliy jurnallar sahifalarida beriladi va asarlarning sarlavhalari va mavzusi ko‘rstkichlaridan iborat.

Mutaxassislar uchun tuzilgan bibliografik qo‘llanmalarning o‘ziga xos metodik xususiyati: maqsadga qaratilgan bibliografik tanlash; ma’lumot-bibliografiya apparatiga egaligi. Òanlangan hujjatlar amaliy xarakterga ega bo‘ladi, so‘nggi yillarda nashr etilgan zamonaviy texnika va texnologiya, asboblarni moder- nizatsiya qilish, ishni tashkil etishning zamonaviy shakllariga oid bo‘ladi.

Maorif va ma’naviyatga oid bibliografik qo‘llanmalar muhim, ular professor va o‘qituvchilarga hamda kutubxona xodimlariga mo‘ljallanadi. Adabiyotlar ma’ruzalarga, mashg‘ulotlarga, suhbatga tayyorlanishda yordam beradi. Bu yo‘nalishda muhim va unutilmas voqea va sanalar taqvimi, bibliografik sharhlar, ma’lumotnomalar, metodik tavsiyalar keng tarqalgan.



Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin