Òavsiya bibliografik qo‘llanmalar
Òavsiya bibliografik qo‘llanmalar aniq kitobxonlar guruhiga mo‘ljallangan bo‘lib, tanlangan mavzu va sifat mezoniga ko‘ra ajratilgan hujjatlarni aks ettiradi. Òavsiya qo‘llanmalari turli xil kitobxonlarning ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Ularning maqsadi bir-biri bilan bog‘liq axborot berish, ma’naviy va tarbi- yaviy bilim berishdan iborat. Davrning xususiyatiga ko‘ra ulardan biri birinchi o‘ringa chiqadi. Òavsiya ko‘rsatkichi o‘qishga rahbarlik qilish vositasi sifatida qo‘llanilgan paytda birinchi o‘ringa tarbiyaviy vazifasi chiqqan edi. 1990- yillarda ularning axborot berish, bilim berish, ma’rifiy va tarbiyaviy vazifasi birlashib keldi, shuning uchun ular faqat keng kitobxonlar ommasiga
emas, talabalarga, maktab o‘quvchilariga ham mo‘ljallana boshlangan. Òarbiyaviy ahamiyati shunda ko‘rinadiki, ular kitobxonda o‘qish madaniyatini tarbiyalash va takomillashtirishga ta’sir etadi, keng ma’noda olib qarasak, kitobxonning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, badiiy va jismoniy, madaniy dunyo- qarashini kengaytiradi. Axborot olami kengaygan va iste’mol- chilarning axborotga bo‘lgan ehtiyoji o‘sgan hozirgi paytda uning axborot berish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi, bunga jamiyat- ning tobora axborotlashib borishi, ommaviy axborot vosita- larining kengayib, ko‘proq o‘rin egallashi, iste’molchilar bo‘sh vaqtining qisqarib borishi ham ta’sir etadi. Keyingi yillardagi tavsiya ko‘rsatkichlari o‘zining sermazmunligi va yangilikka boyligi bilan ajralib turadi. Endilikda tuzuvchilar titul varag‘i orqasida emas, muqovada muallif o‘rnida berila boshlandi. Bu tuzuvchilar mas’uliyatini oshiradi.
asrda uzoq yillar davomida tavsiya bibliografiyasining nazariyasi va metodikasi ishlab chiqildi, amaliyotga keng tatbiq etildi. Òavsiya bibliografik qo‘llanmalarda hujjatlarning bibliografik tavsifi bilan birga annotatsiya ham beriladi. Bibliografik yozuvlar monografik yoki analitik bo‘ladi. E’tibor hujjat mazmunini qisqa, lo‘nda va tushunarli uslubda yoritishga qaratiladi. Mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarda tavsiya qo‘llanmalari tayyorlanadi va tarqatiladi:
ko‘ptarmoqli;
tarmoqli;
mavzuli;
shaxsga oid;
mamlakatshunoslik;
o‘lkashunoslik va h. k.
Hozirgi kunda bu bibliografik qo‘llanmalarning mashinada o‘qiladigan shakllarini yaratish muammosi hal etilmoqda. Milliy kitob palatasi matbuot solnomasining elektron shaklini tayyorlab, bosma shakli bilan birgalikda tarqatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |