Bibliografiya lat p65


Perspektiv bibliografik qo‘llanmalar



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə74/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   135
bibliografiya

Perspektiv bibliografik qo‘llanmalar


Perspektiv bibliografik axborot beruvchi materiallarga qu- yidagilar kiritiladi: nashriyotlarning yillik annotatsiyalangan rejalari; axborot agentliklarining bosma kataloglari; yirik axborot markazlari va yirik kutubxonalarning nashr rejasi va prospektlari; prays varaqalar.

Perspektiv bibliografik qo‘llanmalarda aks etadigan bibliografik yozuvdagi nashrdan chiqish vaqti rim raqamida dumaloq qavsda berilgan, son xarakteristikasi sohasida nashrning hajmi bosmaxona hisobidagi bosma taboq, nashrning bichimi ham dumaloq qavs ichida rim raqamida berilgan. Badiiy-adabiy asardan boshqa barcha turdagi nashrlarga beriladigan annotatsiyada nashrning maqsadi; nashr turi, janri yoki materialni berish shakli; mavzuning qisqacha bayoni, mazmun xususiyati, umumiy mavzusi yoki fikr; shu xildagi boshqa nashrlardan yoki shu muallifning boshqa asarlaridan farqi, yangiligi, dolzarbligi; kitobxonlar guruhi; asar muallifi haqida ma’lumot, tarjima asar bo‘lsa, mamlakat nomi ko‘rsatiladi.

Qayta nashr etilgan asar bo‘lsa, oldingi nashrining nashr yili, asar nomi (asar nomi o‘zgargan bo‘lsa) ko‘rsatiladi. Agar 1- marta nashr etilayotgan yoki o‘zgarishlar bilan qayta nashr etilayotgan darslik bo‘lsa, unga ham annotatsiya beriladi. UDK bo‘yicha shifr indeksi bibliografik yozuvning oxirida beriladi. Hozir



nashriyotlar kitob savdosi tashkilotlari, firmalar tayyorlayotgan prays-varaqalar keng tarqaldi. Ularda alifbo tartibida nashr nomlari, ularning muddati, bahosi ko‘rsatiladi. Prays-varaqalar bir varaq qog‘oz ko‘rinishida, risola, kitob ko‘rinishida ham tayyorlanadi. Keyingi yillarda perspektiv bibliografik qo‘llanmalarda yangi adabiyotlar haqida axborot bilan birga kitob omborlarida saqlanayotgan oshiqcha nusxadagi adabiyotlar haqida retrospektiv bibliografik axborot ham berib boriladi.

Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin