Retrospektiv bibliografik axborot ko‘pgina vazifalarni bajaradi. Bular — kitob do‘konlari, kitob omborlari, nashriyot bazalarida
mavjud adabiyotlar, ayrim olingan nashriyot mahsulotlari, biror ruknda chiqqan nashrlar haqida axborot berish. Ayrimlari faqat xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallanadi. Masalan, bukinist katalogi-preyskuranti, ulgurji kitob do‘konlarida mavjud adabiyot- larning katalogi va boshqalar, masalan, „Ïðåäëaãaþò îáëañòíûå kíèãîòîðãè Óçáåkèñòaía“, „Cïèñîk èíòåðåñíûõ äåòñkèõ kíèã, èìåþùèõñя â ìaãaçèíaõ Òaøîáëkíèãîòîðãa“.
Kutubxonalarda ma’lumot-bibliografiya xizmati ko‘rsatishda kitobxonlar talabini qondirish uchun vaqtli matbuot nashrlari sahifalarida berilayotgan maqolalar ro‘yxati hamda ilgari nashr etilgan adabiyotlarning mavzuli to‘plamlari yoki ro‘yõatining elektron shaklini tayyorlash va foydalanish mumkin. Kitob palatasi tomonidan tuzilayotgan „Gazeta maqolalari solnomasi“ va „Jurnal maqolalari solnomasi“ning elektron disklarini olib, muomalaga kiritish ham katta ahamiyatga ega.
Ayrim tajribali kutubxonalar ruknli nashrlarning katalogini tayyorlaganlar. Masalan, „Áèáëèîòåka âñåìèðíîé ëèòåðaòóðû“ (Rossiya kutubxonalarida), „Æèçíü çaìå÷aòåëüíûõ ëþäåé“ (Ajoyib kishilar hayotidan), „Ýâðèka“ kabi ruknlardagi adabiyot- larning elektron kartotekasi.
Dostları ilə paylaş: |