Kitob bilan bog‘liq bo‘lgan kitobxonlar, kutubxonalar, tashki- lot va muassasalarga ham bibliografik axborot berib boruvchi birinchi marta o‘zbek tilida nashr etilayotgan „Kitob dunyosi“ gazetasi 2002- yil ta’sis etilgan bo‘lib, respublikamiz nash- riyotlarida nashrdan chiqqan yangi adabiyotlar haqida annotatsiya yoki referat bilan birgalikda kutubxonachilik ishi, zamonaviy axborot texnologiyalari, kitobatchilik ishi, nashriyotchilik ishi masalalariga oid suhbatlar, maqolalar, fikr va mulohazalar beriladi. Ammo ba’zida yangi adabiyotlar haqida berilayotgan ma’lumotlar asar sotuvdaligida yoki ancha vaqt o‘tgandan so‘ng beriladi. Gazeta sahifasida eng muhim, qimmatli adabiyotlar haqidagina ma’lumot berilmoqda, boshqa nashrdan chiqqan asarlar esa e’tibordan chetda qoladi. Shuni nazarda tutib, gazeta keyingi paytda annotatsiya yoki referat berilmayotgan adabiyotlarning bibliografik ma’- lumotlarini mavzuli tartibda berib bormoqda.
Reklama axboroti muhim ahamiyatga ega. Bular kitob mu- qovalari, sahifalari, jurnal muqovalari, plakatlar, afisha va bukletlar ko‘rinishida berib boriladi. Bu materiallar kitob do‘konlari peshtaxtalarida, aholiga ko‘rish va o‘qish uchun qulay bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Boltiqbo‘yi respublikalari, Rossiya axborot organlari yo‘lovchi tashuvchi transport vositalaridan ham unumli foydalanadilar. Maxsus bibliobuslar kitob reklamasi ko‘rinishlari bilan bezatilgan bo‘ladi. Mamlakatimizda boshqa turdagi mahsulotlarning reklamasi kabi kitob, kutubxona, bosma va axborot mahsulotlari reklamasini ham keng yo‘lga qo‘yish lozim.
Dostları ilə paylaş: |