Bibliografiya lat p65



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə73/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135
bibliografiya

Mavzuning maqsadi bosma nashrlarni targ‘ib qilish, reklama qilish, sotish maqsadida tashkil etiladigan bibliografik qo‘llanmalar bilan tanishtirish.

Asosiy tushunchalar — nashriyot bibliografik qo‘llanmalari, kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari.
Nashriyot bibliografik qo‘llanmalari — bir nashriyot tomoni- dan chiqarilgan yoki kelgusida chiqariladigan bosma nashr- larning ro‘yxatidan iborat bibliografik qo‘llanmalar.

Kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari — bosma mahsulot- larni tarqatishga ta’sir etish maqsadida tuzilgan qo‘llanmalar. Nashriyot va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari tomonidan mavjud yoki kelgusida nashr etiladigan bosma mahsulotlar marketingini va savdosini tashkil etish maqsadida tuziladi. Bu bibliografik qo‘llanmalar qog‘oz va elektron shaklda tayyorlanadi. Nashriyot va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashriyot, kitob do‘konlari, kutubxonalar, tashkilot va muassasalar, mamlakatimiz kitob sanoati bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallanadi. Bosma mahsulotlar haqida axborot berilayotganiga ko‘ra ular quyidagicha turlanadi: perspektiv, kundalik, retrospektiv, nashriyot va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari. Ular bir-biridan vazifasi, mazmuni va boshqa xususiyatlariga ko‘ra ajratiladi va, albatta, kirish so‘zi yoki so‘zboshi, asosiy qism va mundarija kabi majburiy elementlarga ega bo‘ladi. Ba’zilarida qo‘shimcha ele- mentlar — axborot manbalarining ro‘yxati, qisqartmalar ro‘yxati, yordamchi ko‘rsatkichlar beriladi.

So‘zboshi asosiy qismning mazmuni bilan bog‘liq holda, ko‘rsatkichning maqsadi, vazifasi, undan foydalanish yo‘llari haqida tavsiya beradi. Asosiy qism nashrlarning bibliografik yozuvidan (ba’zida qisqacha annotatsiyasi bilan) va o‘nli klassifi- katsiya jadvali asosida shifr indeksidan iborat bo‘ladi. Yordamchi sarlavhalarga yoki muallifga oid ma’lumotlar beriladi. Bibliografik yozuvlar bo‘limlar, ichki bo‘limchalarda mavzular bo‘yicha

alifbo yoki boshqa tanlangan prinsið asosida joylashtiriladi. Bunday qo‘llanmalar kutubxonalar faoliyatida kutubxona fondini maqsadli to‘ldirishda, bibliografik axborotlarni tayyorlashda, talablarni bajarishda, kitobxonlarning axborot madaniyatini tarbiyalashda yordam beradi. Shu yo‘nalishdagi bibliografik qo‘llanmalar qo‘shni mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. Masalan, kitob savdosi va nashriyotchilik ishini muvofiqlashtirish va takomillashtirish maqsadida Rossiyada

„Mavjud va bosmaxonadagi kitoblar“ („Êíèãè â íaëè÷èè è ïå÷aòè“) milliy axborot tizimi yaratilgan. Ular:



  • Rossiyada kitob bozorining ahvoli haqida muntazam va tezkorlik bilan axborot berib borish;

  • noshir va kitob tarqatuvchilar orqali kitobga tushayotgan talab va ehtiyojni o‘rganish va qondirishni nazorat qilib borish;

  • ko‘p so‘ralayotgan kitoblarni nashr qilish texnologiyasini muntazam qo‘llash maqsadida savdo va noshirlar orasidagi o‘zaro munosabatni yo‘lga qo‘yib borish;

  • kutubxonalar, nashriyotlar, kitob savdosi, kitob tarqatuv- chilarning belgilangan klassifikatsiya, tiðologiya va formatlardan bir xilda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish;

  • kitob savdosi tashkilotlari va kutubxonalarning yangi nashr etilayotgan adabiyotlar, kitob bozorining ahvoli haqida oldindan va o‘z vaqtida bibliografik axborot olishlari uchun bosmaxonada yuzaga chiqish oldida turgan nashrlar haqida, nashrdan chiqishi rejalashtirilayotgan adabiyotlar haqida axborot katalogida o‘z vaqtida va to‘la ma’lumot berib borish vazifalarini bajaradi.

Yil davomida katalog tizimida Rossiyadagi va boshqa qo‘shni mamlakatlardagi (Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston va boshqa) 2000 dan ortiq nashriyot mahsulotlari haqida axborot berib turiladi.

Ma’lumotlar nashriyotlardan shu yilning 31- dekabrigacha olinadi va, albatta, elektron disklarda, yagona nomdagi avtomat- lashtirilgan ma’lumotlar bazasi ko‘rinishida amalga oshiriladi va muntazam nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari tomonidan yangilanib, to‘ldirib turiladi. Katalog bir yilda 2 marta bosma ko‘rinishda nashr etiladi, agar shoshilinch kerak bo‘lsa, bir yilda 6 marta elektron shaklda — disketlarda yoki elektron pochta orqali olishlari mumkin. Katalog bir necha bo‘limlardan iborat va har biriga yordamchi ma’lumot apparati berilgan. Mavjud bo‘lgan va bosmaxonadagi kitoblar bo‘limida savdoda mavjud

adabiyotlar, ularning bahosi, kitob tarqatuvchi tashkilot haqida ma’lumotlar, chiqarish uchun tayyorlanayotgan kitoblar haqida ma’lumotlar berilib, unga ismlar, nashr turlari, nashriyotlar ko‘rsatkichi ilova qilingan.

Nashrga tayyorlanayotgan kitoblar bo‘limida qaysidir aniq bir yilda nashr qilish rejalashtirilayotgan kitoblar haqida ma’lumotlar beriladi, mualliflar, nashr tiðlari, nashriyotlar ko‘rsatkichi ilova qilinadi. Nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari bo‘limida alifbo tartibida ular haqida ma’lumotlar: manzili, tele- fon faks raqamlari, elektron pochta manzili berilgan. Bibliografik yozuvda muallifi, sarlavha, nashriyot, nashr yili, hajmi, mu- qovasi, adadi, kitob tarqatuvchi tashkilot, qisqa annotatsiya, kitobning xalqaro standart raqami beriladi.

Mavjud va bosmaxonadagi xorijiy adabiyotlar bo‘limida aniq bir nashriyotning bosma, elektron hujjatlari haqida ma’lumot berilgan, mavzuli bo‘limlar ajratilgan, nashr turlari ko‘rsatilgan.


Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin