Bibliografiya ishini tashkil etish
Bibliografiya tushunchasi axborotlar infratuzilmasini, ya’ni iste’molchilarning axborot resurslariga kirib borishlarini ta’minlay- digan axborot markazlari, ma’lumotlar bazasi, banki, aloqa tizimi tushunchasi bilan bog‘liq. Buni anglash uchun quyidagi tushunchalarni alohida ko‘rib chiqamiz:
Axborot markazi — axborotni yig‘ish, analitik-sintetik tahlil qilish, qayta ishlash va tarqatish vazifasini bajaruvchi tashkilot. Axborotni tahlil qilish markazi — aniq bir bilim sohasi bo‘yicha axborotni to‘plash, yig‘ish, saqlash, baholash, tahlil qilish
maqsadida tashkil etilgan tashkilot yoki bo‘lim.
Axborot almashuv markazi — tijorat asosida boshqa markazlar uchun zarur axborotni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot markazi.
Bibliografik markaz — bibliografik axborotni ishlab chiqish, to‘plash, qayta ishlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot markazi. Bundan tashqari, axborot agentliklari mavjud, ular u yoki bu yo‘nalishda axborotni qidirish, to‘plash, tanlash va tarqatish bo‘yicha tijorat asosida ish olib boruvchi tashkilot yoki shaxslar.
Jamiyatning axborotlashib borishi bilan kutubxonalar ham axborot-resurs markazlari va axborot-kutubxona markazlari sifatida mas’uliyatini oshirib bormoqdalar. Chunki asosiy axborot man- balari — turli xil hujjatlarning aynan kutubxonalar fondida yig‘ilishi sir emas.
Axborotlashtirish — axborot resurslariga tezkorlik bilan kirib borishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Kutub- xonalar tajribasida bu butun kutubxonachilik va bibliografik ish jarayonlarini avtomatlashtirish va yangi zamonaviy texnologiyalar asosida axborot markazlarini tuzishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |