Bibliografiya lat p65


Ma’lumot-bibliografiya fondi (MBF)



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə104/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   135
bibliografiya

Ma’lumot-bibliografiya fondi (MBF)


Kutubxonaning MBF an’anaviy ma’lumot-bibliografiya appa- ratining bir qismi bo‘lib, o‘zida kutubxona-bibliografik faoliyatining hamma jarayonlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan va turli- tuman axborotni o‘zida to‘plagan nashrlar va materiallardan iborat. MBFga kutubxona fondidan quyidagi materiallar ajratib olinadi:

  • rasmiy va nodavriy nashrlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitut- sion Sudining materiallari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Axborotnomasi, kutubxonachilik ishiga oid Davlat va hukumatimiz qarorlari, Prezident Farmon- lari, buyruqlari aks etgan to‘plamlar;

  • kitob ichi va kitobdagi bibliografiyalarga ega bo‘lgan ayrim ilmiy nashrlar;

  • ijtimoiy sohaga oid o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari;

  • biror bilim sohasiga oid yangi axborotga ega bo‘lgan ilmiy- ommabop nashrlar, masala yoki muammoga oid qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati;

  • ma’lumotnoma nashrlar — qomusnomalar (ensiklopediya), qomusiy lug‘atlar, ma’lumotnomalar (spravochnik), lug‘atlar, yo‘l ko‘rsatkichlar;

  • hududdagi yirik axborot markazlarining axborot va biblio- grafik nashrlari, ilmiy-yordamchi, kasbiy-ishlab chiqarishga oid, nashriyot va kitob savdosi, o‘lkashunoslik, tavsiyaviy va ommabop ko‘rsatkichlar;

  • kutubxonachilik va bibliografik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish haqidagi va boshqa maxsus masalalarga oid amaliy va uslubiy nashrlar;

  • kutubxonachilik ishi, bibliografiya ishi va kitob ishiga, axborot xizmati ko‘rsatishga oid gazeta va jurnallar (masalan,

„Biblioteka“, „Bibliografiya“, „Ìèð áèáëèîãðaôèè“, „O‘zbe- kiston matbuoti“, „Kitob dunyosi“, „Íaó÷íûå è òåõíè÷åñkèå áèáëèîòåkè“, „Èíôîðìaòèka è îáðaçîâaíèå“ va boshqalar), ularda axborot bilan birgalikda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati ham berib boriladi;

    • bajarilgan ma’lumotlar fondi ham MBAning bir qismi va o‘zida bir qancha mavzularga oid bajarilgan yozma bibliografik so‘roqlarni aks ettiradi. Unda so‘ralgan murakkab mazmundagi, alohida bibliografik qidirish va tahlilini talab qilgan savolga yoki masalaga oid bajarilgan javobning nusxasi saqlanadi, bundan tashqari, dolzarb hamda muntazam so‘ralishi mumkin bo‘lgan siyosiy va ilmiy mazmundagi so‘roqlarning javobi ham to‘planadi. Bu materiallar nafaqat shu kutubxona, balki boshqa kutubxonalar- ning kitobxonlari uchun ham zarur bo‘lib qolishi mumkin.

Bajarilgan ma’lumotlar arxivi yoki fondi xizmat xarakteriga ega, u turli kutubxonalarda turlicha tashkil etiladi. Ba’zi kutub- xonalar bilim sohalari yoki mavzular bo‘yicha katalog yashiklarida saqlasa, ayrim kutubxonalar alohida hujjatlar saqlanuvchi jildlarda (papka) yoki konvertlarda saqlaydi. Bu fonddan foydalanishni osonlashtirish uchun kartochkalar ko‘rinishida alifbo-predmet ko‘rsatkichi tuziladi, unda mavzusi, so‘roqning maqsadi, predmet rubrikasi, so‘roqning tartib raqami, uning bajarilgan vaqti ko‘r- satiladi. Kitobxonning talabiga ko‘ra axborotlashgan kutubxona kataloglarini, bibliografik qo‘llanma va ko‘rsatkichlarning elektron shakllarini ham to‘plab borish hozirgi kun talabi bo‘lib qoldi. MBF kutubxona fondining bir qismi bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatga va ahamiyatga egaligi uchun alohida bo‘lim sifatida tashkil etilgan xonada yoki axborot bibliografiya bo‘limida joylashtiriladi.


Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin