Bibliografiya lat p65



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə105/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135
bibliografiya

Savol va topshiriqlar


    1. An’anaviy MBAning xususiyatlari nimada?

    2. MBAning tarkibiy qismlarini ayting.

    3. MBF va uning xususiyatlari haqida to‘xtaling.

    4. Katalog va kartotekalar tizimi haqida nimalarni bilasiz?

    5. Avtomatlashgan MBAning xususiyatlarini gapiring.

    6. Bajarilgan ma’lumotlar fondining vazifasi va ahamiyatini ayting.

    7. MBAga qanday talablar qo‘yiladi?



Mavzuning maqsadi kutubxonalarda, axborot-kutubxona markazlarida bibliografik qo‘llanmalar bilan ishlash, ularni tuzish, ularning turlari va xususiyatlarini o‘rgatish.

Asosiy tushunchalar metodika, o‘lkashunoslik kartotekasi, qo‘llanmani tuzish dasturi.

Bibliografik qo‘llanmalarni tuzishning umumiy metodikasi


Yirik axborot-kutubxona markazlari tomonidan bibliografik qo‘llanmalar nashr etishning va tarqatishning keskin darajada kamayib ketganligi, aniq kitobxonlar guruhiga mo‘ljallangan qo‘llanmalarning kamligi, tor mavzuga oid maxsus bibliografik qo‘llanmalarning tuzilmay qo‘yilganligi va boshqa moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar sababli ko‘pgina kutubxonalar tayyor bibliografik qo‘llanmalardan foydalanish bilan birga o‘zlari ham bibliografik qo‘llanmalar va ko‘rsatkichlar tuzadilar. Kichik kutubxonalar, asosan, tavsiyaviy bibliografik qo‘llanmalar va ko‘rsatkichlarni tuzadi hamda tarqatadi. Ularning maqsadi kitobxonlarga mustaqil bilim olishda yordam berish, axborotga bo‘lgan talabini qondirish, kitobxonlarga professional bilim olishda, uni oshirib borishda, qayta malaka oshirishda yordam berishdan iborat. Bu ishni amalga oshirish uchun ular bibliografiyalash qoidalarini va texnologiyasini bilishlari zarur.

Bibliografik qo‘llanmalarni tuzish dasturini ishlab chiqish

bosqichining maqsadi — kitobxonlik guruhini aniqlashdan iborat. Bunda quyidagi vazifalar bajariladi: mavzuni tanlash va o‘rganish; shunga oid adabiyotlarning fondda mavjudligini aniqlash; bibliografik tanlashning mezonlarini aniqlash (nashr turlari, ularning to‘liqligi, mavzuli va xronologik chegarasi); bibliografik qo‘llan- maning turi va janrini belgilash.

Qo‘llanmaning mavzusi turli xil aspektlarda o‘rganiladi: uning dolzarbligi, yangiligi, unga kitobxonlar qiziqishi va munosabati, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, kutubxona imkoniyatiga muvofiqligi. Òuzuvchilar masalaning mohiyatini to‘la anglab olishlari uchun kitoblarga, jurnal va gazetalarga, mavzuga oid turli xil to‘plamlarga murojaat qiladilar. Muntazam ravishda shu sohaga oid olimlarning, mutaxassislarning asarlarini o‘rganib

borishlari zarur. Bu esa mavzuni to‘g‘ ri va to‘la ochib berishga, har qanday hujjatni to‘g‘ri tavsiya qilishga olib keladi.



Mavzu o‘rganib chiqilgandan so‘ng qo‘llanmaning rejasi ishlab chiqiladi. Bunda tayyorlash jarayoni, bo‘limlari, har bir bo‘limda material berishning tartibi, hujjatlarni joylashtirish prinsiðlari, yordamchi apparatlar, ularning tartibi, foydalanish uchun manbalar ko‘rsatiladi.

Matbuot asarlarini aniqlash va bibliografik qidirish bosqi- chining vazifasi — tanlangan mavzuga oid adabiyotlarning (agar u vaqtincha mavjud bo‘lmasa, bibliografik yozuvlarning) kutubxonada mavjudligini aniqlashdan iborat. Agar mavjud bo‘lmasa uning sababi o‘rganiladi. Òuzuvchi mavzuga oid ma’lu- mot beruvchi hamma manbalarni ko‘rib chiqadi: kataloglar, kartotekalar, bibliografik ro‘yxatlar, boshqa bibliografik nashrlar, ko‘rsatkichlar, sharhlar, mutaxassislikka oid jurnallardagi ro‘y- xatlar va boshqalar. Ulardan kutubxonada mavjud hujjatlarning bibliografik ma’lumotlari tanlab olinadi va mahalliy nashrlar haqidagi ma’lumotlar qo‘shiladi. Ba’zan yangi adabiyotlardagi, o‘quv qo‘llanmalaridagi, ko‘p tarmoqli, tarmoqli, mavzuli bib- liografik ko‘rsatkichlardagi, „Kitob dunyosi“ gazetasidagi ro‘y- xatlar ham ko‘rib chiqiladi va mavzu uchun moslari tanlab qo‘shiladi.

Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin