Big data texnologiyalari Big data



Yüklə 101,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix25.12.2023
ölçüsü101,83 Kb.
#195457
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Big data

Machine learning 
(
mashinali o‘qitish


o‘zi o‘rganadigan 
dasturlar yaratish amaliyoti va nazariyasi, sun‘iy intellektning katta 
qismi. 
Dasturchilar o‘z algoritmlariga xususiy hollarda umumiy 
qonuniyatlarni aniqlashni o‘rgatishadi. Natijada, kompyuter, inson 
avvaldan ko‘rsatib o‘tgan buyruqlaridan emas, balki, o‘z shaxsiy 
malakasidan kelib chiqib qaror qabul qiladi. Bunday o‘qitishning juda 
ko‘p metodlari data mining‘ga oid bo‘lishi mumkin. 
Mashinali o‘qitishga birinchi tarifni 1959-yilda amerikalik 
informatik Artur Samuel bergan. U sun‘iy intellekt elementlariga ega 
bo‘lgan shashka o‘yini, dunyoda birinchi o‘zi o‘rganadigan dasturni 
yaratgan. 
Deep learning 
(
chuqur o‘qitish
) - yanada murakkab va yanada 
mustaqil bo‘lgan o‘zi o‘qidigan dasturlar yaratadigan mashinali o‘qitish 
turi. Oddiy mashinali o‘qitish hollarida boshqariladigan malaka 
yordamida kompyuter bilimlarni aniqlab oladi: dasturchi algoritmga 
ma’lum misollarni ko‘rsatadi, xatolarni qo‘lda to‘g‘rilaydi. Deep 
learningda esa, tizim o‘zi o‘z funksiyalarini loyihalaydi, ko‘p darajali 
hisob-kitoblar amalga oshiradi va atrof-muhit haqida xulosalar qiladi. 
Odatda chuqur o‘qitishni neyron tarmoqlarga tatbiq qilishadi. Bu 
texnologiya asosan rasmlarni qayta ishlashda, nutqni tanishda, 


54 
neyromashina tarjima, farmatsevtikadagi hisoblashlarda va boshqa 
zamonaviy texnologiyalarda qo‘llaniladi. Asosan Google, Facebook va 
Baidu tomonidan loyihalarga tatbiq qilinadi. 
Sun‘iy neyron tarmog‘i

Oddiy protsessorlar (sun‘iy neyronlar) 
birlashtirilgan tizimi bo‘lib, insonning nerv tizimini imitatsiya qiladi. 
Bunday struktura evaziga, neyron tarmoqlari dasturlanmaydi, ular 
o‘qitishadi. Xuddi haqiqiy neyronlar kabi, protsessorlar signallarni 
oddiygina qabul qilishadi va boshqa protsessorlarga o‘zatishadi. Shu 
bilan birga, boshqa butun tizim algoritmlar bajara olmaydigan 
murakkab topshiriqlarni bajaradi. 
1943-yilda amerikalik olimlar Uorren Makkalok va Uolter Pittslar 
sun‘iy neyron tarmog‘i tushunchasini fanga kiritishgan. 

Yüklə 101,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin