Big data texnologiyalari Big data



Yüklə 101,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix25.12.2023
ölçüsü101,83 Kb.
#195457
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Big data



52 

talablarning kuchli tili; 

javob (sado berish) ning qisqa vaqti; 

ma’lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqartirish 
yoki ulardan 

voz kechish. 
BIG DATA texnologiyalari 
Big data 
(
katta ma’lumotlar
) - juda katta hajmdagi bir jinsli 
bo‘lmagan va tez tushadigan raqamli ma’lumotlar bo‘lib, ularni odatiy 
usullar bilan qayta ishlab bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda, katta ma’lumotlar 
tushunchasi bilan birga shu ma’lumotlarni qayta ishlash ham 
tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma’lumotlar deb ataladi. 
Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali 
muharriri Klifford Linch dunyo ma’lumotlar hajmining juda tez 
sur’atda o‘sishiga bag‘ishlangan maxsus sonida big data atamasini 
qo‘llagan. 
Biroq 
katta 
ma’lumotlar 
avval 
ham 
bo‘lgan. 
Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gbaytdan ko‘p ma’lumot 
tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan. 
Katta ma’lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan 
tashqarida bo‘lgan qonuniylatlarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa 
kundalik hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish
tibbiyot, telekommunikatsiya, moliya, transport, ishlab chiqarish va 
boshqa sohalarni yanada yaxshilash, ularning imkoniyatlarini oshirish, 
muammolarga muqobil yеchimlar izlab topish imkonini yaratadi. 
Data lake 
(
ma’lumotlar ko‘li


qayta ishlanmagan katta 
ma’lumotlar ombori. “Ko‘l” har xil manbalardan kelgan, har xil 
formatda bo‘lgan ma’lumotlarni saqlaydi. Bu esa odatiy relatsion 
ma’lumotlar omborida ma’lumotlarni aniq struktura asosida saqlashdan 
ko‘ra arzonroqqa tushadi. Ma’lumotlar “ko‘li”, ma’lumotlarni 
boshlang‘ich holatida analiz qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, 
“ko‘l”lardan bir vaqtni o‘zida bir nechta ishchilar foydalanishlari 
mumkin. 
Data science 
(
ma’lumotlar haqidagi fan


analiz muammolarini, 
ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni raqamli ko‘rinishda taqdim 
etishni o‘rganadigan fan. 
Bu atama dunyoga kelgan vaqt 1974-yil hisoblanadi. Shu yili 
daniyalik informatik, Peter Naur “A Basic Principle of Data Science” 
nomli kitobini chop ettirgan. 2010-yillar boshida katta ma’lumotlarni 


53 
tarqalishi natijasida bu yo‘nalish juda foydali va kelajagi bor biznesga 
aylandi 
va 
o‘shandi katta ma’lumotlar bilan ishlaydigan 
mutaxassislarga talab juda oshib ketdi. 
Data science tushunchasiga ma’lumotlar omborini loyihalash va 
raqamlangan ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha metodlari kiradi. 
Ko‘plab mutaxassislar fikricha, aynan data science big dataning biznes 
nuqtai nazaridan hozirgi zamonaviy o‘rindoshi hisoblanadi. 
Data mining 
(
ma’lumotlarni topish


biron qonuniyatni topish 
maqsadida ma’lumotlarni intellektual analiz qilishga aytiladi. Isroillik 
matematik Grigoriy Pyatetskiy-Shapiro 1989-yilda bu atamani fanga 
kiritgan. 
Texnologiyalar, avvalari noma’lum va foydali bo‘lgan qayta 
ishlanmagan 
ma’lumotlarni 
topish 
jarayoniga 
data 
mining(ma’lumotlarni topish) deyiladi. Data mining metodlari 
ma’lumotlar ombori, statistika va sun‘iy intellekt tutashgan nuqtada 
joylashadi. 

Yüklə 101,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin