63
Savollar:
1.
Ma’lumotlat omborini boshqarish tizimlari. MBBT larni tashkil
qilishning dasturiy vositalari
2.
Big Data texnologiyasi, data mining, machine learning, deep
leraning, neyron tarmoqlar hamda business intellegencetexnologiyalari
haqidagi o‘z tushunchalaringizni bayon qiling.
3.
Big Dataning asosiy tamoyillari. Qo‘llash sohalari.
4.
Big Datadan foydalanishning asosiy muammolari.
5.
Blokcheyn texnologiyasi.
3.2.
Mavzu: Berilganlar resurslarini boshqarish
Reja:
1. Berilganlar bazalari turlari
2. Berilganlarni saqlash va berilganlarni boshqarish.
3. An’anaviy fayl tizimlari.
Relyatsion ma’lumotlar bazasi va uning imkoniyatlari
Relyatsion model
(inglizcha reletion – munosabat) o‘tgan
asrning 70- yillari boshida Amerika olimi E.F.Kodd tomonidan
yaratilgan. Modelning soddaligi va egiluvchanligi ma’lumotlar bazalari
tuzuvchilarini e’tiborini o‘ziga tortdi. 80-yillarga kelib keng taraqqiy
eta boshladi va relyatsion MBBTlar sanoat standarti darajasiga
ko‘tarildi.
Model relyatsion algebrasi tushunchalari tizimiga tayanadi. Bu
tushunchalarning eng muhimlari jadval, satr, ustun, munosabat va
birlamchi kalitlar sanaladi, bajariladigan amallar esa jadvallar bilan ish
olib borishda aks etadi. Relyatsion modellarda axborot to‘g‘ri
to‘rtburchakli jadvallar ko‘rinishida aks ettiriladi. Har bir jadval ustun
va satrlardan tashkil topgan bo‘ladi va ma’lumotlar bazalari ichida
o‘zining takrorlanmas nomiga ega.
Jadval
real olam axborotini – mohiyatini aks ettiradi, uning har
bir satri (yozuvi) esa ob’ektning aniq bir nusxasini – nusxa mohiyatini
aks ettiradi. Jadvalning har bir ustuni ushbu jadvalda o‘ziga xos nomga
ega. Jadval kamida bir ustunga ega bo‘lishi kerak.
Ma’lumotlarning relyatsion modeli yuqorida ko‘rib chiqilgan
tarmoqli va ierarxiklardan foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan jadvalli
tasavvurlar va ma’lumotlarga kirishning oddiy tuzilishi bilan farq
qiladi. Ma’lumotlarning relyatsion modeli oddiy ikki o‘lchamli jadval -
Dostları ilə paylaş: |