1.1. Pedagogika inson tarbiyasi to'g'risidagi fan. Pedagogika darsliklarida, bir qancha kitoblarda pedagogikaning baxsi (predmeti) turlicha yaqinlik darajasida ta'rif berilib tushuntirilgan. Pedagogika - inson tarbiyasi tug'risidagi, yoshlarni va kattalarni tarbiyasi to'g'risidagi fan. Pedagogika ta'lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma'lumot beruvchi fanga aylandi.
Pedagogika grekcha «Hozirgi kunda pedagogikan) (muhaskassislikdan qat'iy nazar) hamma bilish lozim bo'lgan fan deb hisoblash lozim, chunki insonlar hayot faoliyatlari davrida ta'lim-tarbiya ishlari bilan ma'lum darajada shug'ullanishga majburdirlar. Pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo boʻlgan. Qadimdan inson tarbiyasiga oid bo'lgan fikrlar, qarashlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o'z ifodasini topgan. Markaziy Osiyo allomalaridan A. Yassaviy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, A. Jomiy, A. Navoiy kabi ma'rifatparvar ajdodlarimizning ta'lim-tarbiya, inson kamoloti haqidagi g'oyalari, fikr va qarashlari o'z asarlarida batafsil bayon qilingan.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo'ldi. Uning «Hozirgi davrda pedagogikaning vazifasi milliy istiqlol g'oyalaridan kelib chiqadigan ta'lim-tarbiyaning mazmuni, metodlarini ishlab chiqish, milliy ta'lim tizimini yaratish va yosh avlodni bilim, ma'naviy madaniyatini jahon andozalari darajasiga yetkazishdik
1.2. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi. Pedagogika avval tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o'rganadigan falsafa fani tarkibidan ajralib chiqib fan sifatida taniladi.Hozirgi davrda inson faoliyati bilan shu qo'llanadigan fanlar juda ko'p. Pedagogika fanining o'z organadigan mavzu ya'ni inson, odam, bola va uning shakllanishi haqida tadqiq qiladi, hamda fan sifatida tan olindi va rivojlanib bormoqda. Juda qadimgi davrda jamiyatning inson zotini qo'llab- quvvatlash va saqlab qolish ehtiyojidan kelib chiqqan holda tarbiyalash jarayoni avvalo u timoiy-tarixiy tajriba jarayonida to'plangan va to'planayotgan ijtimoiy tajribani bir-birining o'rniga kelib turadigan avlodlarga etkazib berishi bilan xarakterlanadi.
Yangi avlod o'zidan oldingi keksa ajdodning ijtimoiy turmushdagi tajribasini (fan, san'at, ahloq) xulq, atvor sohalarini o'zlashtira borib uni boyitadi. Bu haqda A.R.Beruniy "jamlangan tajribani har bir avlod o'zidan keyin kelayotgan, o'zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga etkazib beradi" deb o'rinli ta'kidlagan. Ijtimoiy tajriba, tabiat, jamiyat, texnika va voqealari qayta o'zgartirish uchun zarur bo'lgan faoliyat ususllari haqidagi bilimlar, ko'nikma va malakalar: insonning dunyoga, odamlarga, o'ziga nisbatan munosabatining alohida tizimi sifatidagi tarbiyalanganliklari tarkib topgandir. Ijtimoiy tajriba moddiy va ma'naviy qadriyatlarning yigindisi sifatida ijtimoiy ongning turli shakllarida shuningdek, ijtimoiy munosabatlar, hulq atvor tizimida mujassamlashgan tarbiya muayyan ijtimoiy funksiyalarni bajarishga tayyor bo'lgan shaxsni voyaga etkazadi.
Inson egallab olishi lozim bo'lgan ijtimoiy tajriba qanchalik murakkab bo'lgani sari, bu tajribani etkazish yuzasidan maxsus tashkil etilgan faoliyatga ya'ni (biror ishlab chiqarishni o'rgatishga) ehtiyoji paydo bo'la boshladi. Tarbiya mohirlik va ishning ko'zini bilishni talab eta boshladi. Tarbiyani amalga oshirish, anglash va bu sohadagi tajribalarni o'rganishga ehtiyoj tug'ilishi natijasida pedagogika fani yuzaga keldi. Agar insoniyat tarixining ilk bosqichlarida bolalar va kattalar bilan birgalikda mehnat qilish jarayonida tarbiya olgan bo'lsa, Jamiyatning, hayotning rivojlanib borishi bilan bilim va tajribani o'rganishning bunday yo'li hayot talablariga javob bermay keldi. Bular esa o'z navbatida o'qitishni, tarbiyalashni taqozo etar edi. Bu vazifa pedagogika fanining alohida bir fan sifatida shakllanishiga imkon berdi. Bu hayotning ob'ektiv talabi natijasida ro'y berdi. "Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruratdir" deb ta'kidlagan fransuz olimi Viktor Gyugo.
XIV.UZ Keyinchalik "maktab" termini maxsus o'quv-tarbiya muassasalari sifatida ishlatila boshlagan va hozirgi vaqtda ham shu ma'noda ishlatiladi. Tarbiyaning takomillasha borishi natijasida jamiyat tuzilishida faoliyatning yangi turi yuzaga chiqdiki, u yoshlarni maxsus ijtimoiy pedagogik dasturlar asosida hayotga ongli va maqsadga muvofiq tayyorlashga mo'ljallangandir. Bu masala pedagogik kasbning boʻlishini taqazo etardi. Uni amalga oshirish uchun maxsus tayyorlangan mutaxassislarga ehtiyoj tug'dirdi. Pedagogik bilimlar inson faoliyatining maxsus yo'nalishlarida yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlashda va tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham pedagogika fani jamiyatning rivojlanishida, odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma'naviy tajribalarini keyingi avlodga etkazishini hal qiluvchi va janiy dying kivojlanishini ta'minlovchi fan deyish mumkin. Bu haqda AQShning buyuk pedagogi Bendjamin Spok "Mening oldimda ikki asosiy vazifa aniq bo'la boshladi. Bu bir tomondan, pedagogikani asrimizning ma'naviy darajasiga ko'tarish bo'lsa, ikkinchi tomondan men tarbiyaning psixologik-pedagogik qonuniyatlarini falsafiy anglab etish bilan birga ota-onalarga aniq tavsiyalar berish, ulamig savollariga aniq javob berishni o'z oldimga maqsad qilib qo'ydim" - degan edi. Haqiqatan ham pedagogika fani inson shaxsini ma'naviy kamolotini ta'minlaydigan fan bo'lmog'i darkor.