10-bilet Qutida faqat ranglari bilan farqlanuvchi 22 ta shar bor: 9 ta ko‘k, 5 ta sariq va 8 ta oq. Qaysi hodisaning ehtimoli kattaroq: qutidan sariq sharning chiqishimi yoki shashqoltosh tashlanganda 5 ochko tushishimi?
Biror mergan uchun bitta o‘q uzishda nishonga tegish ehtimoli 0,8 ga teng va o‘q uzish tartibiga (nomeriga) bog‘liq emas. 5 marta o‘q uzilganda nishonga rosa 2 marta tegish ehtimolini toping.
11-bilet O‘nta biletdan ikkitasi yutuqli. Tavakkaliga olingan 5 ta bilet orasida bittasi yutuqli bo‘lish ehtimolini toping.
Savdo do‘koniga kirgan 8 ta xaridordan har birining xarid qilish ehtimoli 0,7 ga teng. Xaridorlardan beshtasining xarid qilish ehtimolini toping.
Ushbu
taqsimot qonuni bilan berilgan diskret tasodifiy miqdorining dispersiyasini va o‘rtacha kvadratik chetlanishini toping.
12-bilet Yashikda 3 ta oq va 7 ta qora shar bor. Yashikdan tavakkaliga 2 ta shar olinadi. Olingan 2 ta sharning ham qora bo‘lish ehtimolini toping.
Har bir otilgan o‘qning nishonga tegish ehtimoli p= Otilgan 10 ta o‘qdan uchtasining nishonga tegish ehtimolini toping.
va tasodifiy mikdolar erkli. Agar ekanligi ma’lum bo‘lsa, tasodifiy miqdorning dispersiyasini toping.
13-bilet Nishonga qarata 40 ta o‘q uzilgan, shundan 36 ta o‘qning nishonga tekkani qayd qilingan. Nishonga tegishlar nisbiy chastotasini toping.
Plastmassa buyumlari uchta avtomatda tayyorlanadi. 1-avto-mat mahsulotning 30% i, 2-avtomat mahsulotning 40% i, 3-avtomat esa 30% ini ishlab chiqaradi. Bunda I avtomatning 0,13 , II 0,25 , III 0,025 qismi yaroqsiz buyumlardir. Tanlangan yaroqli buyum III avtomatda tayyorlanganligining ehtimolini toping.
va tasodifiy mikdolar erkli. Agar ekanligi ma’lum bo‘lsa, tasodifiy miqdorning dispersiyasini toping.