[2: - B. 51].
Masofaviy ta'limni tashkil etish imkoniyati Internetning paydo bo'lishi bilan
mumkin bo'ldi. Bu esa o`quvchilarning bilimlarni onlayn va darsliklar, darslarning
video yozuvlari va boshqa virtual o'quv materiallari yordamida oladi. Axborot
texnologiyalarining rivojlanishi umuman ta'lim sohasiga, xususan, maktabda
masofaviy ta'limga bevosita ta'sir ko'rsatadi. O`quvchi va o'qituvchining "jonli"
o'zaro muloqoti juda muhim, ammo zamonaviy dunyoda masofaviy ta'limsiz buni
amalga oshirish mumkin emas. Buning bir qancha sababalari mavjud:
O`quvchining sog`ligida kundalik yoki mavsumiy muammolar bo`lganda
mashg`ulotlarga ishtirok eta olmasligi mumkin (pandemiya davri);
Jismoniy imkoniyati qisman cheklangan o`quvchilarda davomat masalasida
muammo bo`lishi mumkin;
Tabiiy ofatlar (harratning keskin ko`tarilishi, kuchli shamollar, kuchli
yog`ingarchilik, haroratning keskin pasayishi…..) sababli mashg`ulotlarga
qatnashmaslik;
FTAI
RESPUBLIKA KONFERENSIYASI
|
25.06.2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.or
802
Oilaviy sharoit tufayli mashg`ulotlarga qatnashmaslik va.h.k
Ushbu omillar sababli hosil bo`lgan muammolarni ijobiy hal etish masofaviy
ta`limning zarur ekanligidan dalolat beradi. Masofaviy ta`limni tashklil etish jadval
asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Masofaviy ta‟lim jadvali har bir
o`quvchiga moslashtirilishi va sharoitga qarab o„zgartirilishi mumkin. Shu bilan
birga, o'quv dasturi moslashuvchan bo'lishi va o'quvchining ma'lumotni idrok etish
tezligi, boshlang'ich tayyorgarlik darajasi, o'rganish motivatsiyasi, materialni idrok
etishning u yoki bu shakliga moyilligi kabi xususiyatlarini hisobga olish muhimdir.
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning ijodiy quvvatini rivojlantirish bir
muncha qulay hisoblanadi. Shuning uchun ham o`quvchilarning bilish faoliyatlarini
rivojlantirishda muammoli vaziyatlardan foydalanish samaradorlikka erishish
imkonini beradi. [3: - B. 19].
Internetning rivojlanishi katta hajmdagi o'quv materiallariga kirishni
soddalashtirdi. Va bu ham texnologik taraqqiyotning ko'rinishlaridan biridir. Ba'zi
o`quvchilar har kuni yo'lda o'tkazadigan vaqtlarini tejashlari mumkin, ba'zilari hatto
boshqa hududlarda joylashgan maktabda o'qishlari mumkin. Bosma o„quv materialini
elektronga almashtirishning o„zi ham katta mablag„ni tejaydi.
Masofaviy ta'limning afzalliklari:
O'zingiz uchun qulay vaqtda, qulay joyda va sur'atda o'qish imkoniyati.
Kasbiy faoliyatga parallel ravishda o'qitish.
O'quv jarayonida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining eng
so'nggi yutuqlaridan foydalanish.
O`quvchining yashash joyi, sog'lig'i, moddiy ta'minlanishidan qat'i nazar,
ta'lim olish uchun teng imkoniyatlar
Boshlangi`ch ta`limning vazifalaridan biri o`quvchilarni jamiyatga foyda
keltirishga, ishlab chiqarishda faol ishtirok etioshga intilish tuyg`ularini
tarbiyalashdan iboratdir. Shuningdek boshlang`ich sinfda matematika o`qitish
jarayonida nazariy bilimlarni ongli ravishda chuqur egallash ko`zda tutiladi, chunki
buningsiz matematik faktlarning amalaiy masalalarini o`rganishga qo`llanilishi
haqida ijobiy fikr bildirish mumkin emas. [5: - B. 49].
Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarni tafakkur qilishga va mantiqiy fikrlashga
o`rgatish samarali natijalar berishi ko`plab mutafakkirlar tomonidan ta`kidlab
o`tilgan. Jumladan buyuk mutafakkir Farobiy ham ilmga intilganlarni ko`r-ko`rona
ishonchga, quruq yodlashga asoslangan aqidalar o`rniga, aqliy, mantiqiy bilim
usullari bilan qurollantirishga harakat qildi. [4: - B. 68].
Ta`lim jarayonida ijobiylikni ta`minlovchi muhim omillardan biri ta`limning
uzluksizligidir. Ushbu tamoyil ayniqsa boshlang`ich ta`lim uchun muhim
hisoblanadi. Boshlang`ich sinfda o`quvchi yil davomida doimiy ravishda bilim,
ko`nikma, malakalarini rivojlantirib borishi lozim. Yozgi ta`tilning davomiyligi bir
muncha uzoq muddatga mo`ljallangan bo`lib, ushbu vaqt mobaynida o`quvchilarning
aksariyati ta`lim bilan shug`ullanmasligi mumkin. Bu esa o`z navbatida o`quvchilar
bilimining sayozlashuviga, qiziqishining susayishiga sabab bo`ladi.Chunki bu paytda
o`quvchilar doimiy ravishda o`qituvchilar nazoratida bo`lmaydilar.
FTAI
Dostları ilə paylaş: |