Adabiyotlar tahlili: Tadqiqotning davriylik nuqtai- nazaridan ham korinib turibdiki,
muammoga daxldor adabiyotlarni asosan, sovet davri va mustaqillik davri adabiyotlari
tashkil etadi va sovet davri adabiyotlari tahlilidan anglashilgan jihatlardan biri shuki, xotin –
qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ularning teng huquqliligini
ta‘minlash asosida jamiyat hayotida arzon ishchi kuchini ta‘minlash maqsadi mavjudligini
ko‘rsatib beruvchi ma‘lumotlar va ularning tahlillari ko‘rsatilgan.Ulardan sharq ayollariga
xos bo‘lmagan kadrlar tayyorlash ( masalan traktorchilik) asosida milliy mentalitetga zarba
berishga harakat qilinganligi va aksar holatda buning uddasida chiqilganligi
aniqlangan.Lekin bu ma‘lumotlar asosida xotin – qizlar maorifi asosida ulardan o‘qituvchi,
hamshira, bog‘cha xodomlari kabi sohalar mutaxasislarini tayyorlanganligini nazardan
qochirmaslik lozim.
Asosiy qism: Sovet davrida xotin – qizlarni ―ozodlikka chiqarish‖ masalasi asosiy
masalalardan biri sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Bu kabi masalalar dastlab jadidlarning
dasturida qayd etilib, birinchi navbatda ularni ta‘lim jarayoniga jalb qilish va shu asosda
ularni jamiyatning teng huquqli a‘zolariga aylantirish rejasi mavjud edi. Jadidlarning
fikricha inson uqib ta‘lim olar ekan ularning ongi, dunyoqarashi usib boradi va insoniyat
tug‘ilgandan boshlab teng huquqli ekanligini tushunib yetadi.Bu esa ayollarni jamiyatning
teng huquqli a‘zosiga aylantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi lozim edi.
Sovetlar xotin – qizlar tengligi g‘oyasini ilgari surar ekan, uzlarining bu maqsadlarini
amalga oshirishda turli vositalardan niqob sifatida foydalandi. Birinchi navbatda ularning
ta‘lim olishiga e‘tibor qaratib, xotin – qizlar maktablari, ayollar klublari va turli madaniy
muassasalarn tarmog‘ini kengaytirishga harakat qildi. Xotin-qizlarni ―ozodlikka chiqarish‖
harakati ularni iqtisodiyotga, madaniyatga va ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etish bilan uzviy
bog‗liqlikda olib borilgan. SHuning uchun ham, xotin-qizlar ahvolining tarixiy negizlarini,
mahalliy xalq mafkurasini, uni o‗zgartirish yo‗llarini, xotin-qizlarning sanoatdagi, qishloq