FTAI
Jild: 03 | Nashr: 04 | април 2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
98
Mardiyeva Yulduz Ubaydullayevna
SamDCHTI ilmiy xodimi
O’ZBEKISTON SSRDA XOTIN-QIZLAR MAORIFINING O’RGANILISHI
FAN, TA’LIM VA
AMALIYOT
INTEGRATSIYASI
ISSN: 2181-1776
Annotatsiya
Ushbu maqolada XX asrning 20-30 yillaridagi xotin – qizlar ta‘limining joriy qilinishi,
ulardan kadrlar tayyorlanishi va bu jarayonga ta‘sir ko‘rsatgan ichki omillar to‘g‘risida
bayon qilinadi.
Shuningdek, mazkur jarayonni sovet davri tarixshunosligida yoritilishi,
masalaning biryoqlama talqin etilishi, mustaqillik davrida muammoning xolisona yoritilishi,
sovet davri adabiyotlari bilan mustaqillik davri tadqiqotlarining taqqoslanishi haqida so‘z
yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Xotin – qizlar ta‘limi,
Hujum harakati, Maorif, Muammo
tarixshunosligi, Muammoning yangi tarixdagi xolisona talqini.
Kirish:
tarixiy faktlar shuni ko‘rsatadiki, tarixda Turon, Turkiston, Movorounnahr nomlari
bilan shuhrat qozongan diyorimizda ilm – fan va tarbiya masalalariga alohida e‘tibor berib
kelingan. Shu sababdan ham mamlakatimiz tarixida bir necha
bor ilmiy yuksalishlar yuz
bergan. Ilmiy ixtirolar amalga oshirilib, amaliyotga tadbiq etilgan. Tarixiy ma‘lumotlarga
qaraganda Turkiston diyori XIX asrda ichki urushlar, an‘anaviy jamiyatning salbiy ta‘siri va
diniy mutaasiblik oqibatida tashqi dunyodan uzilib qolgan bo‘lsada,
ilmiy hayot butunlay
tuxtab qolmagan. XIX asrda ham Samarqand, Buxoro, Xiva,
Toshkent madrasalaraiga
xorijiy talabalarning kelib tahsil olishi fikrimizning yaqqol isbotidir
1
. Maktablarda, O‘rta va
Oliy ta‘lim tizimi hisoblangan madrasalarda shariatdan kelib chiqqan holda asosan o‘gil
bolalar tahsil olgan. Lekin bu xotin- qizlar ta‘limi mavjud bo‘lmagan degan fikrni keltirib
chiqarmaydi.
1
Маттиев У.Б. XIX аср ўрталари - XX аср бошларида Туркистонда афғон фуқаролари тарихи.
Диссертация
автореферати. Самарқанд.2022.-Б.15.