Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya


Faoliyat mahsulinitahlil qilish i metodi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə11/81
tarix21.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#79916
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y A

Faoliyat mahsulinitahlil qilish i metodi. Inson xotirasi, tafakkur, qobiliyat va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod yosh davri psixologiyasida keng qo‘llanadi. Bolalar chizgan rasmlar,yasagan o‘yinchoqlar, metodlar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali, badiiy va adabiiy qobiliyati, ijodiy hayoli yuzasidan materiallar to‘plash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob’ekt bilan sub’ekt o‘rtasida muloqot o‘rganish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan xukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diogramma, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va diplom ishlari, ilmiy ma’ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko‘rsatmali qurollar, loyiha va hakozolar kiradi. Bular turli yoshdagi jinsdagi odamlar, xar xil kasb egalari tomonidan yaratilgan bo‘lishi va shunga ko‘ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, katta-kichikligi, xarakteri bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o‘quvchilar, talablar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plash mumkin. Lekin insondagi psixik o‘zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yigish uchun bu metodning o‘zi yetmaydi. shuning uchun inson psixikasini o‘rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish makul.
Test metodi. Test – inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligini yoki yaroqsizligini, istedodlilarva aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo‘llanadi. Test metodining qimmat tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog‘liqdir.
1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy o‘sish va is’tedod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning is’tedod darajasini aniqlash vositasi deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan xodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob’ektlarini o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamdamalakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaduvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydi. Psixolglar K.M. Gureviya, V.A.Krutuskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun xarakat qiladilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar.
Hozirgi darvda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayze, Anastaze, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlar (ular darslandan berilgan va bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlar (aqliy rivojlanish darajasini o‘lchashga mo‘ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqish, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullradan iboratdir). shaxs “loyihasi” (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab chiqiladi) kiradi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin