Birinchi avlod (XXasrning 30-60 yillari) – N.Miller, D.Dollard, R.Sirs , B.Uovayting, B.Skinner bu tadqiqotchilarni xali bexiviorizm ham ijtimoiy o’qitish nazariyasiga kiritadilar)
Ikkinchi avlod (60-70 yil) – A.Bandura, R.Uoters, S.Biju, Dj. Gevirt va boshqalar.
Uchinchi avlod (70-yildan boshlab) V.Xartup, E.Makkobi, Dj.Aronfrid, U. Branfenbrener va boshqalar.
N.Miller va D.Dollard ijtimoiy o’qitish yo’nalishining birinchi namoyondalari bo’lib, bexivioral o’qitishning asosiy tamoyillarini psixoanalitik nazariyaning ba`zi holat va g`oyalari bilan to’ldirishga harakat qilganlar. Empirik asos sifatida ular ham bola va hayvonlar xulq-atvorining ekspermental o’rgatish ma`lumotlarini ayniqsa nevrotiklar xulq-atvoriga oid boy klinnik ma`lumotlarni qo’llash mumkin deb hisoblaganlar. Ekspermental xulq-atvorga o’rgatishda boshqaning (modelning) harakatini kuzatishning ahamiyati ko’rsatilgan bu yangi reaktsiyani paydo bo’lgunga qadar vaqtni qisqartirishda, sinov va xatolar sonini kamayishida ifodalaydi. Klassik bexiviorizm nazariyachilaridan farqli ravishda ijtimoiy o’qitish nazariyalari xulq-atvorda ichki motivatsiyaning rolini tan olib avvalo uning qo’zg`atuvchi funktsiyasini muhimligini ta`kidlaydilar, ular organik ehtiyojlardan kelib chiquvchi (ochlik, suvsizlik, og`riq) birlamchi qo’zg`atuvchilarni dravy, jahl, ayb, harakatlariga ehtiyoj, qo’rquv, xavotirlanish ikkimlamchi qo’zg`atuvchilarni ajratganlar. Psixoanalizda xulq–atvorning asosiy regulyatori qoniqish tamoyili ular tomonidan qo’llab-quvvatlash tamoyiliga (rag`batlantirish) o’zgartirilgan.