Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
1-guruh
Savol
Rivojlanish psixologiyasi va umumiy psixologiya o‘rtasidagi aloqadorlik mavjud deb o‘ylaysizmi?
9-ilova
Rivojlanish rivojlanishini taraqqiyotini o’rganishning diadik tamoyili
Ijtimoiy o’rgatish yo’nalishining boshqa vakili R.Sirsning asosiy diqqatini predmeti ota-ona va farzand munosabati bo’lgan R.Sirs ilk bolalik davridagi har bir bola xulq-atvorni ona va bola xulq-atvori birligini ifodalovchi o’ziga xos diadik birlik ichida keluvchi davr sifatida ko’rib chiqishni muhim deb hisoblagan. U bolaning rivojlanishiga ota-onaning ta`sirini amalga oshiruvchi vosita bo’lgan mexanizmni tushuntirish uchun o’rgatish nazariyasi doirasida psixoanalitik atamalarni engish regressiya, identifikatsiya qo’llagan. R.Sirs tomonidan bolaning rivojlanishida xulq-atvorning umumiy motivatsiyasi xarakteriga ko’ra farqlanuvchi uchta yoshga bog`liq faza ajratilgan. R.Sirs bo’yicha xulq-atvor shakllanishi motivatsiyasi hayoti davomida orttirilgan hosil bo’lgan ehtiyojlar-tobelik yoki qaramlikdan bevosita bog`liqlikda bo’ladi. Boshlang`ich fazada bola o’zining organik sezgisiga yuklangan va autik. Biologik ehtiyojlarni qondirilishi ochlik va chanqovni qondirmoq sovuqlik va og`riqdan xalos bo’lish onaning harakatlari bilan bolani bog`laydi, bu birinchi o’rgatish tajribasini tashkil etadi. Bunday tarzda onaga tobelik bog`liqlik tug`iladi. Bola ijtimoiylashuvni boshlanishi diadik o’zaro ta`sirni ortganligini unga kim g`amxo’rlik ko’rsatayotgan bo’lsa ular bilan birlamchi harakatini ko’rsatadi.