Sirt taranglik kuchlari ta’sirida suyuqlik sirti egrilangan bo‘lib, bu sirt tashqi bosimga nisbatan yana qo‘shimcha bosim beradi. Sirtki qatlam elastik qatlamga, masalan, rezina plyonkaga o‘xshaydi. Egrilangan sirtning sirt taranglik kuchlarining natijalovchisi botiqlik tomon (egrilik markaziga) yo‘nalgan. Egirilik radiusi r bo‘lgan sferik sirt hamda qo‘shimcha bosim quyidagi formuladan topiladi:
Suyuqlikning ingichka nay (kapillyar) devor sirtini ho‘llash va ho‘llamasligiga qarab turlicha ko‘rinishda egrilangan sirtlar (menisklar) hosil bo‘ladi. Ho‘llashda kapillyarda botiq menisk hosil bo‘ladi (2.13-rasm).Yuqorida aytilganidek, bosim kuchlari suyuqlik sirtidan tashqi tomonga, ya’ni yuqoriga yo‘nalgan bo‘lib, bu kuch ta’sirida suyuqlik kapillyar nay bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi. Bu ko‘tarilish h badandlikdagi suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim ρgh qo‘shimcha bosim bilan muvozanatlashganda yuz beradi.
2.13-rasmdan r=R/cos ekani ko‘rinib turibdi, bu erda R kapillyar radiusi. Shu sababli
Δp=2cos/R (2.25)
ni hosil qilamiz. U holda
gh=2cos/R Bu erdan suyuqlikning kapillyar bo‘ylab ko‘tarilish balandligi
h=2cos/(Rρg) (2.26)
bo‘lib, suyuqlikning xossalariga, kapillyarning qanday moddadan yasalganiga va kapillyarning radiusiga bog‘liq.
Agar suyuqlik kapillyar devorini ho‘llamasa cos<0 va (2.26) formula suyuqlikning kapillyarda idishdagi suyuqlik sirtiga nisbatan qanchalik pastga tushganini ko‘rsatadi.
Kapillyar hodisalar bug‘larning kondensatsiyalanishi, suyuqliklarning qaynashi, kristallanish sharoitlari va hokazolarni belgilaydi. Masalan, suyuqlikning botiq meniski ustidagi bug‘ molekulasiga (2.14-rasmdagi A nuqta) qabariq menisk ustidagi molekulaga qaraganda suyuqlikning ko‘proq molekulalari katta kuch bilan ta’sir ko‘rsatadi. 2.14-rasmda molekulalarning ta’sir qilish sferasi shartli ravishda punktir chiziq bilan, molekulalari tanlangan bug‘ molekulalarini tortuvchi suyuqlik hajmlari shtrix chiziq bilan ko‘rsatilgan. Buning oqibatida ingichka ho‘llanuvchi naylarda nisbatan kichik namliklarda ham kapillyar kondensatsiya yuz beradi. Shu tufayli g‘ovak moddalar bug‘ tarkibidagi deyarli ko‘p miqdoradagi suvni ushlab qoladi, bu esa zax uylarda ichkiyimlarning, paxtaning namlanishiga olib keladi, gigroskopikj ismlarning esa quritilishini qiyinlashtiradi, tuproqda namlikni saqlashga imkoniyat yaratadi va hokazo. Ho‘llamaydigan suyuqliklarda esa aksincha, g‘ovak jismlarga suyuqlik o‘ta olmaydi. Masalan, yog‘ bilan moylangan qush patlarining suv yuqtirmasligi shunga asoslangan.