3.4-§. KLINIKADA QON BOSIMINI O‘LCHASHNING FIZIK ASOSLARI
Fizik parametr-qon bosimi — juda ko‘p kasalliklar diagnostikasida katta rol o‘ynaydi.
Arteriyalarning birortasidagi sistolik va diastolik bosimlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri manometrga ulangan igna yordamida o‘lchanishi mumkin. Lekin tibbiyotda N.S.Korotkov taklif etgan qonsiz usuldan keng miqyosda foydalaniladi. Bu usulning fizik asoslarini yelka arteriyasidagi qon bosimini o‘lchash misolida ko‘raylik.
Yelka bilan tirsak orasiga manjeta o‘raladi. Qo‘lga o‘ralgan manjetaning M, qo‘lning bir qismi R, yelka suyagi P va yelka arteriyasi A ning kesimlari 3.11-a — 3.13-a rasmda ko‘rsatilgan. V shlang orqali manjetaga havo yuborilganda manjeta qo‘lni siqadi. So‘ngra shu shlang orqali havo sekin-asta chiqarila boshlaydi va B manometr yordamida manjetadagi bosim o‘lchanadi. Shu qismlarning o‘zidagi pozitsiyada har bir holatga mos keluvchi yelka arteriyasining bo‘ylama kesimlari ko‘rsatilgan. Boshida atmosfera bosimiga nisbatan manjetadagi havoning bosimi nolga teng (3.11-rasm), manjeta qo‘lni va arteriyani saqlaydi. Manjetaga ma’lum bir o‘lchovda havo damlangani sari manjeta yelka arteriyasini siqa boshlaydi va qonning oqishi to‘xtaydi (11.12-rasm).
3.13-rasm
3.11-rasm 3.12-rasm Agar muskullar bo‘shashtirilgan bo‘lsa, elastik devorlardan iborat bo‘lgan manjeta ichidagi bosim taxminan manjetaga tegib yumshoq to‘qimalardagi bosimga teng bo‘ladi. Bosimni qonsiz usulda o‘lchashning asosiy fizik g‘oyasi mana shundan iboratdir.
Havoni asta-sekin chiqarib, manjetadagi va unga tegib turgan yumshoq to‘qimalardagi bosim kamaytirib boriladi. Qachonki bosim sistolik bosimga teng bo‘lsa, qon qattiq siqilgan arteriya orqali otilib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bunda turbulent oqim yuzaga keladi (3.13-rasm).
Vrach bosimni o‘lchashda fonedoskopni arteriya ustiga manjetadan chetroqqa (ya’ni yurakdan ancha uzoqroq joyga) qo‘yib, turbulent oqimga taalluqli bo‘lgan va u bilan birgalikda yuzaga kelgan ton va shovqinlarni* eshitib ko‘radi. Manjetadagi bosimni kamaytira borib, laminar oqimni tiklash mumkin, buni eshitib ko‘rilayotgan tonlarning birdaniga pasayib ketishidan bilish mumkin. Arterida laminar oqimning tiklanishiga mos keluvchi manjetadagi bosim diastolik bosim kabi qayd etiladi. Arterial bosimni o‘lchashda 3.14-rasmda ko‘rsatilgan asboblardan foydalaniladi: a — simobli manometri bo‘lgan sfigmomanometr, b — metall membranali manometri bo‘lgan sfigmomanometr; bu erda M-manjeta, G-manjetaga havoni haydovchi rezina nok, R-manometr.
3.14-rasm. Sfigmomanometr (a) va sfigmotanometr (b).