Qon oqimi tezligini aniqlashning bir necha usuli mavjud bo‘lib, shulardan ikki turining fizik asoslarini ko‘rib o‘taylik.
Ultratovush usuli (ultratovushli rasxodometriya). Bu usul Dopler effektiga asoslangan. Ultratovush (UT) chastotali elektr tebranishlari signali 1 generatordan (3.15-rasm), UT ning 2 nurlatkichiga chastotani tenglashtiruvchi 3 qurilmaga uzatiladi. 4 UT to‘lqini 5 qon tomirlariga o‘tadi va harakatlanuvchi 6 eritrotsitlardan qaytadi. Qaytgan 7 UT to‘lqini 8 priyomnikka uzatiladi. Bunda u elektr tebranishlariga aylantiriladi va kuchaytiriladi. Kuchaytirilgan elektr tebranishlari 3 qurilmaga tushadi. Bu erda tushuvchi va qaytgan to‘lqinlar, tebranishlari mos holda tenglashtiriladi va doplerning chastotalar bo‘yicha siljishi elektr tebranishlari ko‘rinishida ajralib chiqadi:
Quyidagi formuladan eritrotsitlarning tezligini aniqlash mumkin:
rasxodometriya usuli (3.18)
Katta qon tomirlarida eritrotsitlarning tezligi ularning o‘qqa nisbatan joylashishlariga qarab turlicha bo‘ladi: “O‘q yaqinidagi” eritrotsitlar katta tezlik bilan “devor yaqinidagi”lari esa kichik tezlik bilan harakatlanadi. UT to‘lqinlari turli xil eritrotsitlardan qaytishi mumkin, shu sababli Doplerning siljishi bitta chastota ko‘rinishida bo‘lmay, biror chastotalar oralig‘ida bo‘ladi. Shunday qilib, Dopler effekti qon oqimining faqat o‘rtacha tezligini emas, balki qonning turli xil qatlamlari tezligini ham aniqlashga imkon beradi.
3.16-rasm Magnit maydoni tomonidan turli xil ishorali zaryadga ta’sir etuvchi kuchlar