O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA KAFEDRASI
Pediateriya ishi fakulteti 1-kurs d23-104-B guruh talabasi Bo’ronova Sarvinozning BIOFIZIKA fanidan “Qon oqimi tezligini aniqlash va uni tibbiyotdagi ahamiyati” mavzusidagi bajargan.
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi:Raximov.B.T
Toshkent – 2023
Mundarija
1.Kirish…………………………………………………………………………………………………….
2.Asosiy qism……………………………………………………………………………………………
3.Xulosa……………………………………………………………………………………………………
4.Mavzu bo’yicha test savollari………………………………………………………………..
5.Glossari…………………………………………………………………………………………………
6.Qisqartma so’zlar………………………………………………………………………………….
7.Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………………….
KIRISH
Qon oqimi tezligini aniqlashning bir necha usuli mavjud bo‘lib, shulardan ikki turining fizik asoslarini ko‘rib o‘taylik. Ultratovush usuli (ultratovushli rasxodometriya). Bu usul Dopler effektiga asoslangan. Ultratovush (UT) chastotali elektr tebranishlari signali 1 generatordan (3.15-rasm), UT ning 2 nurlatkichiga chastotani tenglashtiruvchi 3 qurilmaga uzatiladi. 4 UT to‘lqini 5 qon tomirlariga o‘tadi va harakatlanuvchi 6 eritrotsitlardan qaytadi. Qaytgan 7 UT to‘lqini 8 priyomnikka uzatiladi. Bunda u elektr tebranishlariga aylantiriladi va kuchaytiriladi. Kuchaytirilgan elektr tebranishlari 3 qurilmaga tushadi. Bu erda tushuvchi va qaytgan to‘lqinlar, tebranishlari mos holda tenglashtiriladi va doplerning chastotalar bo‘yicha siljishi elektr tebranishlari ko‘rinishida ajralib chiqadi:
d cos2 U U t
Katta qon tomirlarida eritrotsitlarning tezligi ularning o‘qqa nisbatan joylashishlariga qarab turlicha bo‘ladi: “O‘q yaqinidagi” eritrotsitlar katta tezlik bilan “devor yaqinidagi”lari esa kichik tezlik bilan harakatlanadi. UT to‘lqinlari turli xil eritrotsitlardan qaytishi mumkin, shu sababli Doplerning siljishi bitta chastota ko‘rinishida bo‘lmay, biror chastotalar oralig‘ida bo‘ladi. Shunday qilib, Dopler effekti qon oqimining faqat o‘rtacha tezligini emas, balki qonning turli xil qatlamlari tezligini ham aniqlashga imkon beradi.
Elektromagnit usul (elektromagnit rasxodometriya). Qon oqishi tezligini aniqlashning bu usuli harakatlanuvchi zarrachalarning magnit maydonida og‘ishiga asoslangan. Masala shundan iboratki, qon elektr jihatdan neytral sistema bo‘lsada, musbat va manfiy ionlardan tashkil topgan. Shunday ekan, harakatlanayotgan qon zaryadli zarrachalar oqimi bo‘lib, υqon tezlik bilan harakatlanadi. Harakatlanayotgan q elektr zaryadiga induktsiyasi B bo‘lgan magnit maydonida v (3.19)qon F q B kuch ta’sir qiladi. Agar zaryad manfiy bo‘lsa, u holda kuch vektorlar ko‘paytmasi V B qon ga teskari yo‘nalgan.
Qon tomiri devorining bir tomoni yaqinida ortiqcha musbat zaryad, ikkinchi tomoni yaqinida esa manfiy zaryadlar ko‘proq to‘planadi. Zaryadlarning tomir ko‘ndalang kesimi bo‘ylab bunday taqsimlanishi elektr maydonini yuzaga keltiradi. Bunday fizik hodisa Xoll effekti deb aytiladi. Ux kuchlanish (Xoll kuchlanishi) ionlar harakatining tezligiga, ya’ni qonning tezligiga bog‘liq. Shunday qilib, Ux kuchlanishni o‘lchash bilan qonning tezligini ham aniqlash mumkin ekan. Qon tomiri ko‘ndalang kesimi S ni bilgan holda, qon oqishi hajmiy tezligini (m3 /s) hisoblash mumkin:
Q=v*s
Asosiy qism
Dostları ilə paylaş: |