Bilim sohasi



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə38/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

A=F·Δl=P·S·Δl=P·ΔV (4.1)

Sistema ichki energiyasining o'zgarishi ikki xil: 1) mexanik ish bajarish; 2) issiqlik miqdori uzatish usullari bilan amalga oshirilishi mumkinligi xaqida bayon qilingan edi. Endi bu kattaliklar orasidagi munosabatni topishga xarakat qilamiz.

Buning uchun qizdirilayotgan choynak misolini ko'raylik. Choynak olayotgan issiqlik miqdori Q ichidagi suvning qizishiga, ya'ni suvning ichki energiyasi ortishiga U va suv bug'lari choynak qopqog'ini ko'targanda tashqi kuchlarga qarshi bajariladigan A ishga sarflanadi. Bu jarayon uchun energiyaning saqlanish va aylanish qonuni

Q= ∆U + A (4.1)

Ko'rinishiga ega bo'ladi. Bu termodinamikaning birinchi qonunining matematik ko'rinishidir. Uning ta’rifi quyidagicha ifodalanadi:



Jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini orttirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi.

Agar jismga issiqlik miqdori berilayotgan bo'lsa, Q musbat, agar jismdan issiklik miqdori olinayotgan bo’lsa, Q manfiy ishora bilan olinadi. Shuningdek agar jism tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo'lsa, A ish musbat, tashqi kuchlar jism ustida ish bajarayotgan bo'lsa, A ish manfiy bo'ladi.


Termodinamikaning birinchi qonuni birinchi tur abadiy dvigatel (lotincha «perpetuum mobile») yasash mumkin emasligini ko'rsatadi. Birinchi tur perpetuum mobilega asosan teng miqdorda energiya sarflamasdan ish bajara oladigan mashina kurish haqida fikr yuritiladi. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni bo'lgan termodinamikaning birinchi qonunida esa tabiatda ro'y beradigan barcha jarayonlarda energiya o'z-o'zidan paydo ham bo'lmaydi, yo'qolmaydi ham, faqat bir ko'rinishdan boshqasiga aylanishi mumkin, deb qayd etiladi.
Endi termodinamika birinchi qonunining ba'zi jarayonlarga tatbiqini ko'raylik.





Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin