Bilim sohasi


-§.QOVUSHOQ SUYUQLIKLARNING TRUBALARDAN OQISHI. PUAZEYL FORMULASI



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə18/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

2.2-§.QOVUSHOQ SUYUQLIKLARNING TRUBALARDAN OQISHI. PUAZEYL FORMULASI

Qovushoq suyuqlikning trubalardan oqishi tibbiyot uchun alohida qiziqish uyg‘otadi, chunki qon oqish sistemasi asosan turli diametrdagi slindrik tomirlardan iborat.


Simmetriya tufayli ma’lumki, trubada oqayotgan suyuqlikda markaziy o‘qdan bir xil uzoqlikdagi suyuqlikning ikki zarrasi bir xil tezlikka ega. Truba o‘qi bo‘ylab harakatlanayotgan zarrachalar eng katta tezlikka ega bo‘ladi: truba devoriga eng yaqin suyuqlik qatlami qo‘zg‘almasdir. Suyuqliklar zarrachalari tezligining truba ko‘ndalang kesimi bo‘ylab taxminiy taqsimlanishi 2.2-rasmda ko‘rsatilgan.
υ=f(r) bog‘lanishni aniqlash uchun fikran uzunligi l va r radiusga ega bo‘lgan silindr shaklidagi suyuqlik hajmini ajratib olamiz (2.3-a rasm). Bu silindrning uchlarida mos holda p1 va p2 bosim ta’minlab turiladi, bu esa natijaviy kuchni quyidagi ko‘rinishda yozishga olib keladi:

(2.2)
Silindrning yon tomonlari yuziga uni o‘rab olgan suyuqliklar tomonidan ichki ishqalanish kuchi ta’sir etadi. Bu kuch quyidagicha ifodalanadi:


(2.3)
b



2.2-rasm. Qovushqoq suyuqlikni truba bo’ylab harakati
u erda S=2rl silindr ko‘ndalang kesimining yuzi. Silindrda suyuqlik tekis harakatda bo‘lgani sababli ajratib olingan silindr hajmidagi ta’sir etuvchi kuchlar bir-birini muvozanatlaydi: F=Fishq Bu tenglikka (2.2) va (2.3) ni qo‘yib quyidagini hosil qilamiz:

  (2.4)
Tenglamaning o‘ng tomonidagi “-” ishorasi tezlik gradienti (ortishi bilan tezlik kamayadi) bo‘lgani sababli yozilgan. (2.4) formuladan

Bu tenglamani integrallaymiz:


(2.5)
Bu yerda integralning quyi chegaralari trubaning ichki sirtiga “yopishib” turgan suyuqlik qatlamiga tegishli r=R bo‘lganda v=0 yuqori chegarasi esa o‘zgaruvchandir. (2.5) ni yechib, suyuqlik qatlamlari tezligi bilan ularning truba o‘qigacha bo‘lgan masofalari orasidagi parabolik munosabatni chiqaramiz (2.2-rasmdagi tezlik vektorlar uchlarini aylanib o‘tuvchi chiziqqa qarang):


(2.6)
Truba o‘qi r=0 bo‘ylab oqayotgan qatlam tezligi eng katta bo‘ladi:





Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin