3.17-rasm Elektromagnit usul
|
Elektromagnit usul (elektromagnit rasxodometriya). Qon oqishi tezligini aniqlashning bu usuli harakatlanuvchi zarrachalarning magnit maydonida og‘ishiga asoslangan. Masala shundan iboratki, qon elektr jihatdan neytral sistema bo‘lsa-da, musbat va manfiy ionlardan tashkil topgan. Shunday ekan, harakatlanayotgan qon zaryadli zarrachalar oqimi bo‘lib, υqon tezlik bilan harakatlanadi. Harakatlanayotgan q elektr zaryadiga induktsiyasi B bo‘lgan magnit maydonida
(3.19)
kuch ta’sir qiladi. Agar zaryad manfiy bo‘lsa, u holda kuch vektorlar ko‘paytmasi ga teskari yo‘nalgan.
Magnit maydoni tomonidan turli xil ishorali zaryadga ta’sir etuvchi kuchlar 3.16-rasmda ko‘rsatilganidek qarama-qarshi yo‘nalgan. Qon tomiri devorining bir tomoni yaqinida ortiqcha musbat zaryad, ikkinchi tomoni yaqinida esa manfiy zaryadlar ko‘proq to‘planadi. Zaryadlarning tomir ko‘ndalang kesimi bo‘ylab bunday taqsimlanishi elektr maydonini yuzaga keltiradi. Bunday fizik hodisa Xoll effekti deb aytiladi.
Ux kuchlanish (Xoll kuchlanishi) ionlar harakatining tezligiga, ya’ni qonning tezligiga bog‘liq. Shunday qilib, Ux kuchlanishni o‘lchash bilan qonning tezligini ham aniqlash mumkin ekan. Qon tomiri ko‘ndalang kesimi S ni bilgan holda, qon oqishi hajmiy tezligini (m3/s) hisoblash mumkin:
(3.20)
Ushbu usulda o‘zgaruvchan magnit maydonini qo‘llash amaliy jihatdan qulaydir (3.17-rasm). Bu o‘zgaruvchan xol Ux kuchlanishi ni yuzaga keltiradi, so‘ngra u kuchaytiriladi va o‘lchanadi.
4-BOB. TERMODINAMIKA. TIRIK SISTEMALAR TERMODINAMIKASI
Termodinamika deganda sistemani tashkil etuvchi jismlarning mikroskopik tuzilishini hisobga olmagan holda ular orasida energiya almashinuvi mumkin bo‘lgan sistemalarni (termodinamik sistemalarni) qarab chiquvchi fizikaning bo‘limi tushuniladi.
Muvozanatli sistemalar termodinamikasi yoki muvozanat holatiga o‘tuvchi sistemalar va nomuvozanatli termodinamik sistemalar bir-biridan farqlanadi.
Nomuvozanatli тermodinamika biologik sistemalarni ko‘rib chiqishda asosiy o‘rinni egallaydi.
Ushbu bobda тermodinamika bilan bir qatorda past temperaturali va qizdirilgan muhitlarni davolashda qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, shuningdek, termometriya va kalorimetriya elementlari yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: |