7-CHAPTER BIOPHYSICS OF MEMBRANES
7.1-§. STRUCTURE OF BIOLOGICAL MEMBRANES
7.2-§. MECHANICS OF THE CELL MEMBRANE.
8-CHAPTER OPTICS. PROPERTIES OF LIGHT. OPTICAL EYE SYSTEM.
8.1-§. THE NATURE OF LIGHT
8.2-§. BASIC LAWS OF GEOMETRICAL OPTICS.
8.3-§. MAIN PHOTOMETRIC VALUES
8.4 - §. PHOTOMETERS.
8.5-§. OPTICAL INSTRUMENTS
8.6-§. DISADVANTAGES OF OPTICAL SYSTEMS
8.7-§. ABSORPTION OF LIGHT.
8.8-§. DIFFRACTION OF LIGHT. DIFFRACTION GRATING
8.9-§. NATURAL AND POLARIZED LIGHT
8.10-§. EXPERIMENTAL METHODS OF MEASUREMENT OF POLARIZATION.
8.11-§. OPTICAL EYE SYSTEM AND SOME PROPERTIES
9-CHAPTER RADIOACTIVITY. EFFECT OF IONIZING RADIATION ON THE ORGANISM
9.1-§. DISCOVERY OF RADIOACTIVITY. X-RAY OBSERVATION, EXPERIMENT OF RESERFORD.
9.2-§. NUCLEAR DECOMPOSITION. ALPHA-RASPAD.
9.3-§. CHEMICAL ACTION OF RADIOACTIVE RADIATION.
9.4-§. BIOLOGICAL ACTION OF RADIOACTIVE RADIATION.
9.5.- FREE RADICALS. NEGATIVE EXPOSURE OF FREE RADICALS TO PHYSIOLOGICAL PROCESSES IN THE ORGANISM.
9.6-§. SYSTEMS OF PROTECTION OF TISSUE OF ORGANISM FROM RADIOACTIVE RADIATION. BIOLOGICAL PROTECTION. ANTIOXIDANTS. SYSTEM OF ANTIOXIDANT PROTECTION OF FABRICS AND ORGANS OF ORGANISM ..
9.7-§. EFFECTS OF RADIOACTIVE RADIATION ON THE HUMAN ORGANISM
9.8-§. NORMS OF RADIATION
9.9-§. X-RAYS
KIRISH
Yigirma birinchi asr fizika, kimyo, biologiya kabi turli fanlar uyg‘unlashuvi natijasida vujudga kelgan o‘ziga xos fanlarning tez rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday fanlardan biri biologik fizika yoki biofizikadir.
Hayot materiya harakatining biologik shakli sifatida materiya harakatining fizikaviy va kimyoviy shakllarini o‘z ichiga oladi. Biofizika organizmdagi fizikaviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni molekulyar darajada o‘rganib, fiziologik jarayonlar mexanizmlarini ochib beradi va kuzatilayotgan biologik hodisalarning sabablarini tushuntirish imkonini beradi.
Fiziologik jarayonlarning fizikaviy-kimyoviy asoslarini o‘rganish juda mashaqqatlidir. Organizmdagi fizikaviy va kimyoviy jarayonlar notirik tabiatdagi hech qaysi jarayonlarga o‘xshamaydi va o‘ziga xos sharoitlarda kechadi. SHuning uchun ular maxsus tadqiqotlarni talab etadigan qator qonuniyatlarga egadir.
Biofizika mustaqil fan sifatida boshqa ko‘p fanlardan ajralib chiqqan. Bular fiziologiya, biologik kimyo, fizika va boshqalardir. SHuning uchun ko‘p hollarda bu fanlar va biofizika o‘rtasidagi chegaralar shartlidir. B.N. Tarusovning ta’rifiga ko‘ra biofizika-bu biologik sistemalar fizikaviy kimyosi va kimyoviy fizikasidir.
Biofizikaning predmeti organizmdagi fizikaviy va fizik-kimyoviy jarayonlar bo‘lganligi sababli biofizikaviy tadiqotlarda asosan fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar qo‘llanilib, ular biofizikaviy tadqiqotlar uchun moslashtiriladi. Tadqiqotlarning barcha usullari miqdoriy natijalarga erishishi lozim. Faqat shundagina tirik sistemaning fizikaviy ko‘rsatkichlario‘zgarishlarining miqdoriy bog‘lanishlarini topish mumkin. SHuning uchun biofizika tadqiqotlarning matematik usullari, fizik va matematik modellashtirish, shuningdek, turli texnik moslamalarni qo‘llaydi. SHunday qilib, biofizika biologiya va tibbiyotni aniq fanlar darajasiga ko‘taradi.
Umumiy va amaliy biofizikaning Xalqaro assotsiatsiyasi qaroriga ko‘ra biofizika quyidagi bo‘limlarga ajratiladi: molekulyar biofizika, hujayra biofizikasi, his qilish organlari va murakkab sistemalar biofizikasi.
Molekulyar biofizika biologik molekulalar (asosan oqsillar va nuklein kislotalar)ning tuzilishi va fizikaviy xossalarini, shuningdek, biologik jarayonlar kinetikasi va termodinamikasini o‘rganadi.
Hujayra biofizikasi birinchidan hujayra ultrastrukturasi, uning fizikaviy va fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rgansa, ikkinchidan, hujayraning funksional faolligini aks ettiradi, ya’ni o‘tkazuvchanlik, bioelektrik potensiallar va boshqa parametrlarni o‘rganadi.
His qilish organlari biofizikasining asosiy maqsadi molekulyar fizik-kimyoviy mexanizmlar, nerv hujayralarining murakkab reaksiyalari va sezgi organlaridagi ma’lumotlarni kodlash mexanizmlarini o‘rganishdan iborat.
Murakkab sistemalar biofizikasi murakkab tuzilishga ega ko‘p hujayrali sistemalarning boshqarilishi va ular faoliyatining termodinamik va kinetik xususiyatlarini o‘rganadi.
Ba’zi olimlar biofizikaning yana bir yo‘nalishini ajratishmoqda. Ushbu yo‘nalish fizikaviy omillar- ionlovchi radiatsiya, yorug‘lik, ultratovush va hokazolarning organizmga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi. Ushbu bo‘lim hozirgi davrda tibbiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Patologik jarayonlarning rivojlanishi fizikaviy va kimyoviy faktorlarning ta’siriga bog‘liq. Ularning aksariyati organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi davrda biofizika nazariy va amaliy tibbiyot rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Oxirgi vaqtda tibbiyot biofizikasi shakllandi. Uning asosiy vazifalaridan biri-organizm funksional holatini ob’ektiv baholash uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan fizikaviy va kimyoviy parametrlarni aniqlashdan iboratdir. Hayotiy jarayonlarning buzilishi haqida aynan shu parametrlarning o‘zgarishiga ko‘ra xulosa chiqarsa bo‘ladi.
Ma’lumki, tirik hujayralarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ular quyidagilardir: membrana potensiali(elektrokinetik potensial)ning mavjudligi, ion gradientlarining bir me’yorda saqlanishi,elektr tokini qutblash, xemilyuminessensiya qobiliyati, sitoplazma harakati va boshqalar. Bu parametrlarning ba’zilari tibbiyotda organizmning faoliyatini baholash uchun anchadan beri qo‘llanilib keladi. Biopotensiallarni qayd etish asosiy usullardan biri bo‘lib qoldi(elektrokardiografiya, elektroensefalografiya va h.k.z.). Hozirgi davrda elektr o‘tkazuvchanlik va xemilyuminessensiya ham e’tirof etilmoqda.Bu usullarning kasalliklar diagnostikasida, turli faktorlarning to‘qimalarga salbiy ta’sir etishini baholashda qo‘llanishi mumkinligi isbotlangan.
Tibbiy biofizikaning navbatdagi muhim vazifasidan biri fizioterapiyada qo‘llanuvchi faktorlarning organizmga bo‘lgan ta’sirini o‘rganishdan iborat. Bular –diatermiya, induktotermiya,O‘YUCH - terapiya, rentgenoterapiya va boshqalar. Bunday tadqiqotlar ushbu faktorlarning qator kasalliklarni davolashda yanada samaraliroq qo‘llashga imkon beradi.
Organizmdagi deyarli barcha jarayonlarning biofizik modellarini yaratish va ularni chuqurroq o‘rganish mumkin. Organizmda qonning oqishi, havo molekulalarining harakati, yurakning ishi, neyronlar tomonidan nerv impulslarining uzatilishi, membranalardagi konsentratsiya gradientlarining o‘zgarishi kabi jarayonlarni biofizika nuqtai nazaridan o‘rganish juda qulaydir. SHuning uchun ularning xossalarini bilish har bir shifokor uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, turli materiallarning fizik xossalari ham tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Hozirgi davrda sun’iy tishlar, turli bioprotezlarni yasash uchun ham ushbu materiallarning fizikaviy xossalarini bilish kerak.
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan nazariy fanlar tizimida biofizika alohida o‘rin tutadi. U aniq fanlar va biologik va tibbiyot fanlari orasidagi ko‘prik vazifasini o‘taydi. Aniq fanlar bo‘lajak shifokorlarda maxsus fikrlashni shakllantiradi. Bu esa, o‘z navbatida inson organizmidagi norma va patologiyadagi qonuniyatlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi.