Bilim sohasi


-rasm. Astegmatik ko’zda tasvirning fokuslanishi (a) va uni tuzatish uchun qo’llaniladigan sferik linzalar sistemasi (b) 7.19-rasm



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə81/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

7.18-rasm. Astegmatik ko’zda tasvirning fokuslanishi (a) va uni tuzatish uchun qo’llaniladigan sferik linzalar sistemasi (b)

7.19-rasm. Astegmatik ko’zda tasvirning ko’rinishi (daraxt tasviri bir necha marta fokuslanib, xira tasvir hosil bo’ladi)
Astigmatizmni tuzatish uchun bir necha linzalardan iborat bo'lgan murakkab optik sistemalar hosil qilish, shu tufayli 50— 70° gacha bo'lgan burchak ostida tushgan nurlar yordamida yaxshi tasvirlar hosil qilish imkoniyatiga ega bo‘linadi(7.20c-rasm).
7.20-rasm. Ko’rish o’tkirligini buzilishi va uni korreksiyalash (a – yaqindan ko‘rish (miopiya), b – uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya), c – astigmatism)
Ko'rish qobiliyatining yuqorida aytilgan buzilishlari sezilgan zahoti ko'z shifokoriga murojaat qilish zarur. Ba'zi odamlarda ko'zning ayrim ranglarni farqlash qobiliyati buzilgan bo'ladi. Ular qizil yoki yashil ranglarni farqlay olmaydi. Bu kasallik daltonizm deb ataladi. Buning sababi ko'zning to'r pardasida joylashgan rang sezuvchi kolbachasimon retseptorlarda ma`lum rang ta'sirida qo'zg'aladigan nervlar bo'imasligidir. Daltonizm kasalligi nasldan-naslga o'tadi. Bu kasallik erkaklar orasida ko'proq uchraydi. Bunday odam transport vositalarini haydashi mumkin emas, chunki ular svetoforning qizil va yashil ranglarini farqlay olmaydi.
Ko'rish funksiyasi buzilishiga yuqorida aytilganlaridan tashqari, uning shoh qavatida oq parda hosil bo'lishi, ko'z shikastlanishi natijasida shoh qavatining yaralanishi, ko'z gavharining kasallanishi (katarakta), ko'z ichidagi bosimningoshishi (glaukoma) kabi kasalliklar ham sabab bo'ladi.
Ko'z kasalliklarini o'rganuvchi oftalmologiya fani rivojlanishi natijasida oftalmolog olimlar murakkab operatsiya usullarini ishlab chiqdilar. Ular yordamida yuqorida ko'rsatilgan kasalliklarga chalinib, ko'rish qobiliyati pasaygan yoki butunlay yo'qolgan kishilar ko'pchiligining sog'lig'ini tiklashga muvaffaq bo'lindi.

7.6-§.YORUG‘LIKNING YUTILISHI.



Yorug‘likning yutilishi deb, yorug‘lik dastasi biror muhitdan o‘tayotganda shu muhit qatlamida yutilishiga, ya'ni ular intensivligining kamayishiga aytiladi. Yorug‘likning yutilgandagi energiyasi muhitning isishiga, atom yoki molekulalarni uyg‘otishga sarf bo‘ladi. Yutilgan yorug‘lik kvanti yutuvchi muhit elektronlari bilan o‘zaro ta'sirlashib o‘z energiyasini ularga beradi. Yorug‘lik yutilganda uning intensivligining kamayishi quyidagi qonuniyat bilan ifodalanadi.

 (7.25)
Bu Buger-Lambert qonuni deyiladi. Bunda Io – muhitga tushayotgan va Ix qatlamdan o‘tgan yorug‘lik intensivligi, k – muhit xossasiga bog‘liq bo‘lgan yutish ko‘rsatkichi bo‘lib, u yutilgan yorug‘lik chastotasi (yoki ) ga bog‘liq, lekin uning intensivligiga, demak, yutiluvchi muhit qatlamining qalinligiga bog‘liq emas. Agar x=1/k bo‘lsa,I0/I=e=2,72 bo‘ladi, ya'ni bunday yorug‘lik intensivligi e=2,72 marta kamayadi.
Ayrim moddalar uchun yorug‘lik intensivligi juda katta bo‘lganda Buger-Lambert qonunidan og‘ish yuz beradi: I0ortishi bilan k kamaya boradi. Bu hodisa yorug‘lik yutilishini kvant nazariyasi asosida tushuntiriladi. Bu nazariyaga asosan yorug‘likning katta intensivligida moddada atomning uyg’ongan holatining davom etish vaqti katta bo‘lgan atomlar ko‘proq hosil bo‘lishi mumkin.
Agar yutuvchi muhit uncha zich bo‘lmagan eritma bo‘lsa, bu eritma uchun Ber qonuni, ya'ni


k=AC(7.26)
kuchga ega. Bunda A — erigan moddaning xossalariga va yorug‘lik chastotasiga bog‘liq bo‘lgan doimiylik, C — erigan modda konsentratsiyasi.
Agar eritma yuqori konsentratsiyali bo‘lsa, bu eritmalar uchun Ber qonuni bajarilmaydi, chunki eritmadagi ionlar o‘zaro ta'sir qila boshlasa, A eritma konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Ber qonunini hisobga olsak, yorug‘likning yutilish qonuni:


 (7.27)
ko‘rinishda bo‘lib, Buger-Lambert-Ber qonuni deyiladi va bu qonun elektromagnit to‘lqinlarning keng spektri uchun o‘rinlidir.
Yorug‘likning yutilish spektri k ning yorug‘lik chastotasiga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Masalan, agar muhit atomlari siyrak joylashgan gaz bo‘lsa, yutilish spektri – chiziqli, agar muhit siyrak molekulalardan iborat bo‘lsa – yo‘l-yo‘l spektr ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Yorug‘likning yutilish hodisasidan moddalar tuzilishini o‘rganishda, geliotexnikada va kimyo sanoatida, fototexnikada, optoelektronikada va tibbiyotda keng foydalaniladi.


Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin