Bizga ma'lumki, elektromagnit to‘lqinlar ko‘ndalang to‘lqinlardir. Shuning bilan birga yorug‘lik to‘lqinlarida odatda tarqalish yo‘nalishiga (nurga) nisbatan assimmetriyalik bo‘lmaydi. Bunga tabiiy yorug‘lik tarkibida nurga perpendikulyar bo‘lgan hamma yo‘nalishlar bo‘yicha sodir bo‘layotgan tebranishlar mavjudligi sabab bo‘ladi (16.2-rasm). Biz yorug‘lik to‘lqini ayrim atomlar tarqatayotgan juda ko‘p to‘lqin tizmalaridan iborat bo‘lishi ko‘rib o‘tgan edik. Har bir tizmaning tebranish tekisligi tasodifiy ravishda orientatsiyalangan bo‘ladi. Shuning uchun natijaviy to‘lqin tarkibida turli yo‘nalishlardagi tebranishlar bir xil ehtimollikda bo‘ladi.
7.23-rasm. Elektromagnit to’lqinning tarqalishi (v yo’nalishda) E vektorlari va demak, H vektorlari ham to‘liq aniq tekisliklarda yotgan elektromagnit to‘lqin — yassi qutblangan to‘lqin deyiladi.
Elektrik E vektor va elektromagnit to'lqinining tarqalish yo‘nalishidan o‘tuvchi tekislik qutblanish tekisligidir.
Yassi qutblangan to‘lqinni yakka atom nurlaydi. Quyoshdan keluvchi tabiiy yorug‘lik, lampochkaning qizigan tolasi, gaz razryadli trubka, alanga va shunga o‘xshashlardan keluvchi yorug’liklar xaotik oriyentatsiyalangan atomlar to‘plamining tartiblanmagan nurlanishlaridan yig‘iladi, shuning uchun E ning yo'nalishi bir tekislikda saqlana olmaydi. Bunday yorug‘likni tebranishlar tekisligi xaotik oriyentatsiyalangan ustma-ust tushuvchi yassi qutblangan to‘lqinlar deb hisoblash mumkin, ularda elektrik vektorlar, nurga perpendikular bo‘lgan har qanday yo‘nalishlar bo‘yicha oriyentatsiyalangan. 7.24- rasmda biror paytdagi О nurning kesimi va E vektorlarning nurga perpendikular bo‘lgan tekislikdagi proyeksiyalari ko'rsatilgan.
Agar tabiiy yorug‘lik nuridan o‘tuvchi istalgan ikki o‘zaro perpendikular tekislik tanlab olib, E vektorlami tekisliklarga proyeksiyalansa, o‘rta hisobda bu proyeksiyalar bir xil bo’ladi. Shuning uchun tabiiy yoruglik nurini, ustiga bir xil miqdorda chiziqchalar va nuqtalar shaklida proyeksiyalar joylashtirilgan to‘g‘ri chiziq (7.25-a rasm ) kabi tasvirlash
qulaydir. Shunday qilib, chiziqchali to‘g‘ri chiziq (7.25-б rasm) yoki nuqtali to‘g‘ri chiziq (7.25-в rasm) yassi qutblangan yorug‘lik nurini belgilaydi.
Qisman qutblangan deb ataluvchi tabiiy va qutblangan tashkil etuvchilardan iborat bo'lgan yorug‘lik nuri shartli ravishda 7.25-г ,д rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, shu bilan birga chiziqchalar va nuqtalar sonining nisbati qutblanishda darajasini, ya’ni yorug‘likning to‘la intensivligiga nisbatan qutblangan tashkil etuvchisi intensivligining hissasini aks ettiradi.